O`zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod hujumchi Aleksandr Geynrix Toshkentning «Lokomotiv» klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
29 yoshli futbolchi 2012 yil yozidan beri Qozog`istonning «Aktobe» klubida faoliyatini davom ettirayotgan edi. Geynrixning ushbu jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2014 yil yozida yakuniga etdi.
«Lokomotiv» FK matbuot xizmatining qayd etishicha, Geynrix jamoa safida Oliy Liga ikkinchi davra o`yinlaridan boshlab to`p suradi.