Birinchi davraning so`nggi tur o`yinida «Buxoro» ustidan g`alaba qozongan «Lokomotiv» O`zbekiston chempionatining yakka peshqadami bo`lib oldi.
Avvalroq, 13-turning boshqa uchrashuvlari bo`lib o`tgandi. Turning markaziy uchrashuvi – «Paxtakor» - «Bunyodkor» bahsi 5 iyulga qoldirilgan.
Oliy Liga, 13-tur uchrashuvi
23 iyun, yakshanba
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Buxoro» (Buxoro) – 2:0. 1205 tomoshabin.
Hakamlar: H. Ro`ziev (Toshkent) – 8,7, A. Snetkov (Toshkent viloyati) – 8,7, X. Mirzaahmedov (Toshkent viloyati) – 8,5, R. Kopadze (Farg`ona) - 8
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
O`zPFL vakili: F. Magametov.
Gollar: F. Musaev (21), I. Nagaev (75).
18- va 45+1-daqiqalarda F. Tojiev («Lokomotiv») penaltidan foydalana olmadi
Ogohlantirish: O. Nurboev («Buxoro», 45+1).
Eng yaxshi o`yinchilar: V. Karpenko – A. Korneychuk.