Tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.
Birinchi Liga
«Orol»ga qarshi birinchi bosqich 12-tur uchrashuvida raqibini qasddan turtib yuborgani uchun maydondan chetlatilgan «Xorazm» hujumchisi Nozimjon Norov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Xorazm»ga qarshi birinchi bosqich 12-tur uchrashuvida raqibini qasddan turtib yuborgani uchun maydondan chetlatilgan «Orol» yarim himoyachisi Samat Polvonov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Guliston»ga qarshi birinchi bosqich 12-tur uchrashuvida raqib sha`niga noma`qul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Zomin» himoyachisi Sirojiddin Allaev 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Oqtepa»ga qarshi birinchi bosqich 12-tur uchrashuvida hakam sha`niga bir necha bor noma`qul fikrlarni bildirgani uchun ikki ogohlantirishdan so`ng maydondan chetlatilgan «NBU-Osiyo» hujumchisi Andrey Sidorov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
«G`ijduvon»ga qarshi birinchi bosqich 12-tur uchrashuvida hakam sha`niga noma`qul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Mash`al-2» himoyachisi Shohjahon Qilichev 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«G`ijduvon»ga qarshi birinchi bosqich 12-tur uchrashuvida hakam sha`niga noma`qul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Mash`al» murabbiyi B. Sattorov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Xotira-79»ga qarshi birinchi bosqich 14-tur uchrashuvi yakuniga etganidan so`ng, hakam yordamchisiga qarshi kuch ishlatishga shaylanib, so`ng maqsadidan qaytgani uchun chetlatilgan «Chust-Paxtakor» himoyachisi Bobur Aminjonov 1ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Chust-Paxtakor»ga qarshi birinchi bosqich 14-tur uchrashuvi yakuniga etganidan so`ng «Chust-Paxtakor» vakilini haqorat qilgani uchun chetlatilgan «Xotira-79» yarim himoyachisi Sanjar Asqaraliev 1ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Yoshlar Birinchiligi
«Nasaf»ga qarshi 12-tur uchrashuvida hakam sha`niga noma`qul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Mash`al» hujumchisi Ixtiyor Toshpo`latov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.