«Registon» PFK O`zbekiston Birinchiligi-2014dan chetlatildi

17.06.2014

«Registon» PFK O`zbekiston Birinchiligi-2014dan chetlatildi

«Registon» PFK, moliyaviy muammolar sabab, O`zbekiston Birinchiligi birichi bosqich 14-tur doirasidagi «Sherdor»ga qarshi va 15-tur doirasidagi «Guliston»ga qarshi uchrashuvlarga kelmadi.

2014 yilgi O`zbekiston nohavaskor va yarim professional futbol klublari o`rtasidagi musobaqalar Reglamenti (4-modda, 4.26-bandi)ga asosan, «Registon» PFK 2014 yilgi O`zbekiston Birinchiligi ishtirokchilari safidan chiqarildi.

«Registon» PFK 2014 yilgi O`zbekiston Birinchiligi birinchi bosqichining yarmidan ko`p uchrashuvlarida ishtirok etgani munosabati bilan, 14-tur doirasidagi «Sherdor»ga qarshi o`yindan boshlab «Registon» PFKga texnik mag`lubiyat (-:+), raqib jamoalarga esa texnik g`alaba (+:-) yoziladi.

«Registon» PFKning O`zbekiston Birinchiligi-2014 ishtirokchilari safidan chiqarilishi munosabati bilan, shuningdek, futbolchilarning huquq va manfaatlarini inobatga olgan holda, ushbu klub o`yinchilarini 2014 yilgi O`zbekiston nohavaskor va yarim professional futbol klublari o`rtasidagi musobaqalar Reglamentiga muvofiq, tegishli tartibda erkin agent sifatida zayavka qilishga ruxsat beriladi.
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib