O`zbekiston Chempionatining may oyidagi eng yaxshi murabbiyi va o`yinchisini aniqlash bo`yicha jurnalistlar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnomada «Paxtakor» yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov va «Lokomotiv» bosh murabbiyi Vadim Abramov tengsiz deb topildi.
O`zbekiston chempionatining aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash bo`yicha OAV xodimlari, jurnalistlar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnoma 4-8 iyun kunlari bo`lib o`tdi. So`rovnomada jurnalistlar Oliy Liga va Birinchi Liga klublarida faoliyat olib borayotgan jami 8 nafar murabbiy va 14 nafar futbolchini g`oliblikka da`vogar sifatida ko`rsatishdi.
Murabbiylar o`rtasidagi kurashda «Lokomotiv» bosh murabbiyi Vadim Abramov birinchi bo`ldi. May oyi davomida o`tkazilgan uchrashuvlarda uning jamoasi «Paxtakor» bilan durang o`ynab, qolgan barcha o`yinlarda g`alaba qozondi. Buning samarasi o`laroq, «Lokomotiv» musobaqa jadvalida peshqadamlikni «Paxtakor» bilan bo`lishib turibdi – to`plar nisbatidagi yaxshiroq ko`rsatkich hisobiga Abramov jamoasi musobaqada birinchi bo`lib turibdi. Qayd etish joiz, mart va aprel oylari so`rovnomalarida Abramov to`rtinchi bo`lgandi.
Futbolchilar orasida esa aprel oyida «Paxtakor» yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov birinchi bo`ldi. May oyida u jamoasining muvaffaqiyatlariga salmoqli hissa qo`shib, «Paxtakor»ning musobaqa jadvalidagi peshqadamligini saqlab qolishga katta hissa qo`shdi. Qayd etish joiz, Iskanderov mart oyida ham tengsiz deb topilgandi. E`tiborli tomoni, dastlabki uch oy yakunlariga ko`ra, faqat «Paxtakor» futbolchilarigina oyning eng yaxshi o`yinchisi deb topilmoqda.
Ma`lumot o`rnida, mart-noyabr oylarida o`tkaziladigan Oyning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi tanlovilarining natijalari umumlashtirib chiqiladi va natijalardan kelib chiqib, O`zPFLning 2014 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomi aniqlanadi.
«Oyning eng yaxshi o`yinchisi» so`rovnomasi aprel oyi kuchli beshligi:
1. Jamshid Iskanderov («Paxtakor») – 15 ball.
2. Farhod Tojiev («Lokomotiv») – 10 ball.
3. Diyor Turopov («Olmaliq») – 9 ball.
4. Ivan Nagaev («Lokomotiv») – 8 ball.
5. Aleksandr Pishur («Bunyodkor»), Ignatiy Nesterov («Lokomotiv») – 7 ball.
«Oyning eng yaxshi murabbiyi» so`rovnomasi aprel oyi kuchli beshligi:
1. Vadim Abramov («Lokomotiv») – 19 ball.
2. Samvel Babayan («Paxtakor») – 13 ball.
3. Ro`ziqul Berdiev («Nasaf») – 12 ball.
4. Aleksandr Volkov («Bunyodkor») – 6 ball.
5. Rustam Mirsodiqov («Metallurg»), Baxtiyor Ashurmatov («Navbahor») – 5 ball.