«Bunyodkor» o`z maydonida «Neftchi» bilan durang o`ynadi

05.06.2014

«Bunyodkor» o`z maydonida «Neftchi» bilan durang o`ynadi

Oliy Liga 11-tur uchrashuvlari start oldi. Turni 5 iyun, payshanba kuni «Bunyodkor» – «Neftchi» uchrashuvi ochib berdi.

Toshkentdagi «Jar» stadionida bo`lib o`tgan uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi. Qayd etish joiz, ushbu uchrashuv Sergey Lushan uchun «Bunyodkor» bosh murabbiyi sifatidagi ilk rasmiy bahs edi.

Har ikkala uchrashuv ikkinchi taymida kiritildi. Uchrashuv yakunlanishiga 10 daqiqadan kamroq vaqt qolganida «Bunyodkor»ning yosh futbolchilaridan biri – Temur Ayupov hisobni ochdi. O`yin asosiy vaqti so`nggi daqiqasida esa «Neftchi» vakili Murod Bobojonov hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo`ldi.

Ushbu natijadan so`ng «Bunyodkor» ochkolari soni 22taga, «Neftchi»niki esa 10taga etdi. Turning qolgan uchrashuvlari 6 iyun, juma kuni o`tkaziladi.

Oliy Liga, 11-tur uchrashuvlari
5 iyun, payshanba
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Neftchi» (Farg`ona) – 1:1. 1830 tomoshabin.
Hakamlar:
M. Muhamedov (Toshkent viloyati) – 8,1, M. Majidov (Namangan) – 8,0, R. Fozilov (Namangan) – 8,1, D. Karimov (Toshkent) - 8
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
O`zPFL vakili: F. Magametov.
Gollar: T. Ayupov (82) – M. Bobojonov (90).
Ogohlantirishlar: S. Jo`raev (12), A. Shorahmedov (71) – P. Smolyachenko (33), G`. Hasanov (72), I. Boboxonov (84).
Eng yaxshi o`yinchilar: D. Jo`raev – V. Ponamaryov.

 

cola
apex
mib
mib
mib
mib