Shu paytgacha O`zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat ko`rsatib kelgan Sergey Lushan Toshkentning «Bunyodkor» klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
3 iyun kuni «Bunyodkor» futbol klubi rahbariyati va murabbiylari ishtirokida yig`ilish bo`lib o`tdi va Sergey Lushan klub futbolchilariga rasman yangi bosh murabbiy sifatida tanishtirildi. Eslatib o`tamiz, Mirjalol Qosimov O`zbekiston «Bunyodkor»ni tark etgach, Aleksandr Volkov vaqtinchalik «Bunyodkor» klubini boshqarib kelayotgan edi.
Ma`lumot o`rnida, Sergey Lushan futbolchilik faoliyati aynan «Bunyodkor» klubida yakunlagan va murabbiylik faoliyatini aynan «Bunyodkor» klubi akademiyasida boshlagan edi. Shu yilning boshida O`zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan Lushan endilikda «Bunyodkor» klubini boshqaradi.
«Bunyodkor» FK matbuot xizmati xabariga ko`ra, Sergey Lushan 3 iyun kuni «Bunyodkor» futbolchilariga jamoa bosh murabbiyi sifatida rasman tanishtirilgan.