Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

30.05.2014

Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

Tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Oliy Liga
«Paxtakor»ga qarshi 9-tur uchrashuvida raqibi yuziga haddan tashqari kuch bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Navbahor» himoyachisi Yuriy Rijko 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

O`zbekiston Kubogi
«Nasaf»ga qarshi nimchorak final dastlabki uchrshauvida o`yin to`xtatilgan vaqtda raqibi yuziga zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Andijon» yarim himoyachisi Ibrohim Otaxonov 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Xotira-79»ga qarshi nimchorak final dastlabki uchrashuvida raqib jamoa murabbiyiga qarata stadionda tartibsizliklar keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan ishora qilgani uchun maydondan chetlatilgan «Oqtepa» murabbiyi Anatoliy Kurlaev 4ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

«Oqtepa»ga qarshi nimchorak final dastlabki uchrashuvida hakam sha`niga noma`qul fikrlar bildirgani uchnu maydondan chetlatilgan «Xotira-79» jamoasi boshlig`i Ilhom Otavaliev 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

«Olmaliq»ga qarshi nimchorak final javob uchrashuvida raqibi oyog`iga haddan tashqari kuch bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Qizilqum» yarim himoyachisi Samandar Shodmonov 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Istiqlol»ga qarshi nimchorak final javob uchrashuvida o`yin to`xtatilganidan so`ng raqibiga qo`l bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Navbahor» darvozaboni Xurshid Xo`jaev 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

Birinchi Liga
«Sherdor»ga qarshi birinchi bosqich 8-tur uchrashuvida maydondan chetlatilgan «G`ijduvon» yarim himoyachisi Fayoz Ergashev 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

«Sherdor»ga qarshi birinchi bosqich 9-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan «Registon» yarim himoyachisi Olim Ergashev 4ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

«Xotira-79»ga qarshi birinchi bosqich 9-tur uchrashuvida o`yin qoidalarini jiddiy ravishda buzgani uchun maydondan chetlatilgan «Chust-Paxtakor» himoyachisi Ilmitdin Mamatboqiev 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

«Paxtakor-2»ga qarshi birinchi bosqich 9-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan «Obod» darvozaboni Bekzod Omonullaev 3ta uchrashuvga diskvalifiakatsiya qilindi.

«Sho`rtan»ga qarshi birinchi bosqich 9-tur uchrashuvida hakam sha`niga noma`qul fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Sherdor» himoyachisi Ozod Tursunov 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib