2014 yilgi O`zbekiston Kubogi chorak finali so`nggi ishtirokchisi nomi ma`lum bo`ldi. Qarshining «Nasaf» nimchorak finalda «Andijon»ni ikki bor mag`lubiyatga uchratdi – avvaliga o`z maydonida 5:0, so`ng Andijonda 2:1 hisobida.
O`zbekiston Kubogi-2014
Nimchorak final, javob uchrashuvi
27 may, seshanba
«Andijon» (Andijon) – «Nasaf» (Qarshi) – 1:2. 1157 tomoshabin.
Hakamlar: M. Muhamedov (Toshkent viloyati), M. Majidov (Namangan), R. Fozilov (Namangan), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
Gollar: B. Abdurahimov (67) – M. Karimov (24), F. Sayfiev (52).
Ogohlantirishlar: J. Mirabdullaev (23), R. Qodirov (ikkisi ham - «Andijon», 28).
Birinchi uchrashuv – 0:5.