«Paxtakor» va «Olmaliq» O`zbekiston Kubogi-2014 chorak final yo`llanmalarini qo`lga kiritishdi.
Har ikkala jamoa nimchorak final bosqichining javob o`yinida yirik hisobdagi g`alabalarni qo`lga kiritishdi. Olmaliqliklar o`z maydonida «Qizilqum»ni 6:0 hisobida tor-mor keltirgan bo`lsa, «Paxtakor» futbolchilari «Qo`qon-1912» darvozasiga javobsiz to`rtta gol urishdi.
Nimchorak final bosqichining qolgan javob o`yinlari 26 va 27 may kunlari o`tkaziladi.
O`zbekiston Kubogi, nimchorak final, javob uchrashuvlari
25 may, yakshanba
«Paxtakor» (Toshkent) – «Qo`qon-1912» (Qo`qon) – 4:0. 3953 tomoshabin.
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), B. Kuchkarov (Qirg`iziston), V. Serazetdinov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
Gollar: A. Merzlyakov (9), S. Andreev (59), V. Kozak (63), A. Soliev (89).
Ogohlantirish: M. Xolmuhamedov («Paxtakor», 65).
Birinchi uchrashuv – 0:0.
«Olmaliq» (Olmaliq) - «Qizilqum» (Navoiy) – 6:0 5107 tomoshabin.
Hakamlar: D. Pislegin (Toshkent), B. Qodirov (Buxoro), A. Kuldashev (Buxoro), V. Agishev (Toshkent)
Nazoratchi: V. Valitskiy (Toshkent).
Gollar: Z. Polvonov (8), Sh. Hakimov (39, penalti), D. Abibullaev (46, 63), S. Jo`raev (70), A. Usmonov (81, avtogol).
Ogohlantirishlar: I. Akramov (45+1), O. Jo`raboev (65) – F. Qambarov (20), E. Boymatov (35), G`. Jumaev (84).
Chetlatish: S. Shodmonov («Qizilqum», 42).
Birinchi uchrashuv – 1:2.