«Paxtakor» va «Qo`qon-1912» jamoalari o`rtasidagi O`zbekiston Kubogi nimchorak final javob o`yiniga Ravshan Ermatov bosh hakam etib tayinlandi. Unga qanotlarda o`zbekistonlik Abduhamidullo Rasulov va qirg`izistonlik Bahodir Qo`chqorov yordam beradi.
Qayd etish joiz, ushbu hakamlar brigadasi mart oyi boshida «Bunyodkor» va «Lokomotiv» o`rtasidagi O`zbekiston Superkubogi uchrashuvini boshqarib borgan edi.
Nimchorak finalning ikkita javob o`yini 25 may kuni, yana uchta o`yini esa 26 may kuni, dastlabki rejaga ko`ra 26 may kuni o`tkazilishi rejalashtirilgan «Andijon» – «Nasaf» uchrashuvi esa 27 may kuni o`tkaziladi.
O`zbekiston Kubogi-2014
Nimchorak final, javob uchrashuvlari
25 may, yakshanba
«Paxtakor» (Toshkent) – «Qo`qon-1912» (Qo`qon)
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), B. Qo`chqorov (Qirg`iziston), V. Serazetdinov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
«Olmaliq» (Olmaliq) - «Qizilqum» (Navoiy)
Hakamlar: D. Pislegin (Toshkent), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo`ldoshev (Buxoro), V. Agishev (Toshkent)
Nazoratchi: V. Valitskiy (Toshkent).
26 may, dushanba
«Metallurg» (Bekobod) – «Dinamo» (Samarqand)
Hakamlar: Sh. Qosimov (Toshkent), V. Lushin (Guliston), A. Marajabov (Andijon), A. Mo`minov (Toshkent viloyati)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
«Oktepa» (Toshkent) – «Xotira-79» (Uychi)
Hakamlar: I. Garmashov (Toshkent), A. Tsapenko (Toshkent viloyati), R. Shoyahmetov (Toshkent), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).
«Istiqlol» (Toshkent) – «Navbahor» (Namangan)
Hakamlar: T. To`xtasinov (Andijon), M. Saidqosimov (Toshkent), X. Shodmonov (Buxoro), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: G`. Karimov (Toshkent).
27 may, seshanba
«Andijon» (Andijon) – «Nasaf» (Qarshi)
Hakamlar: M. Muhamedov (Toshkent viloyati), M. Majidov (Namangan), R. Fozilov (Namangan), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).