Oliy Liga 8-tur uchrashuvlari yakuniga etdi. Turni «Nasaf» va «Bunyodkor» jamoalari o`rtasidagi o`yin yakunlab berdi.
Qarshida 15 mingdan ortiq tomoshabin guvohligida o`tgan bahs 2:0 hisobida «Nasaf» futbolchilari g`alabasi bilan yakuniga etdi. Uchrashuvdagi gollari Ilhom Yunusov va Ilhom Shomurodov hisobiga yozildi.
Oliy Liga, 8-tur uchrashuvi
19 may, dushanba
«Nasaf» (Qarshi) – «Bunyodkor» (Toshkent) – 2:0. 15889 tomoshabin.
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), X. Shodmonov (Buxoro), A. Tsapenko (Toshkent viloyati), O. Tuychibaev (Toshkent)
Nazoratchi: G`. Karimov (Toshkent).
O`zPFL vakili: F. Magametov.
Gollar: I. Yunusov (10), I. Shomurodov (78).
Ogohlantirishlar: B. Qoraev (62), E. Suyunov (69), I. Yunusov (71) – S. Simonenko (40), A. Shorahmedov (72), D. Jo`raev (90).
Eng yaxshi o`yinchilar: E. Suyunov – A. Pishur.