O`zbekiston chempionati 8-turidan o`rin olgan «Buxoro» – «Paxtakor» uchrashuvi 0:0 hisobi bilan yakuniga etdi.
Joriy musobaqada peshqadamlik qilayotgan «paxtakorchilar» uchun bu ketma-ket ikkinchi durang hisoblanadi. Bungacha Toshkent klubi 7-turda o`z hamshahari «Lokomotiv» bilan 2:2 hisobida durang o`ynagan edi.
Ma`lumot uchun, Oliy Liga 8-tur uchrashuvlari 14 may, chorshanba kuni start olgandi. Turning navbatdagi uchrashuvlari 16 va 19 may kunlari bo`lib o`tadi.
Oliy Liga, 8-tur uchrashuvi
15 may, payshanba
«Buxoro» (Buxoro) – «Paxtakor» (Toshkent) – 0:0. 12253 tomoshabin.
Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), R. Shoyahmetov (Toshkent), I. Ibrohimov (Nukus)
Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).
O`zPFL vakili: B. Haydarov.
Ogohlantirishlar: P. Vuyovich (10), G. Kvesieshvili (27), F. Boboqulov (59), E. Akbarov (64) – E. Krimets (31), K. Maxaradze (85), B. Miladinovich (90+4).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Korneychuk – J. Iskandarov.