Yoshlar Birinchiligi: «So`g`diyona» dastlabki g`alabani qo`lga kiritdi

14.05.2014

Yoshlar Birinchiligi: «So`g`diyona» dastlabki g`alabani qo`lga kiritdi

Yoshlar Birinchiligida 8-tur bahslari start oldi.

Musobaqaning dastlabki etti uchrashuvida ketma-ket faqat mag`lubiyatga uchragan «So`g`diyona» joriy musobaqadagi ilk g`alabasini qo`lga kiritdi. Jizzaxliklar «Metallurg»ga qarshi safar o`yinida raqib darvozasiga javobsiz uchta gol urishdi.

Turning navbatdagi o`yinlari 14-18 may kunlari bo`lib o`tadi.

Yoshlar Birinchiligi, 8-tur uchrashuvi
13 may, seshanba
«Metallurg» (Bekobod) – «So`g`diyona» (Jizzax) – 0:3. 345 tomoshabin.
Hakamlar:
D. Dosanov (Toshkent), Z. Abdurahmonov, I. Tojiev, M. Muhamedov
Nazoratchi: V. Valitskiy (Toshkent).
Gollar: F. Hasanboev (3), A. Abdurahmonov (28, 81).
Ogohlantirishlar: D. Ahmedov (1), U. Pochaumarov (34), I. Bito`raev (74), D. Esonqulov (barchasi - «Metallurg», 79).
Chetlatish: U. Pochaumarov (ikkinchi ogohlantirish, 40).
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib