Tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi.
Oliy Liga
«So`g`diyona»ga qarshi 7-tur uchrashuvidagi tajovuzkor xulqi sabab maydondan chetlatilgan «Nasaf» hujumchisi Azamat Allaniyozov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
«Nasaf»ga qarshi 7-tur uchrashuvidagi tajovuzkor xulqi sabab maydondan chetlatilgan «So`g`diyona» himoyachisi Vusal Mageramov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
O`zbekiston Kubogi
«Paxtakor»ga qarshi 1/16 final uchrashuvida raqib sha`niga noma`qul (beadab) fikrlarni bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Xorazm» himoyachisi Marat Hoshimov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Oqtepa»ga qarshi 1/16 final uchrashuvidagi tajovuzkor xulqi sabab maydondan chetlatilgan «Mash`al» yarim himoyachisi Qahramon Bahodirov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Oqtepa»ga qarshi 1/16 final uchrashuvida hakam sha`niga noma`qul (beadab) fikrlarni bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Mash`al» yarim himoyachisi Jahongir Abdumo`minov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.
Yoshlar Birinchiligi
«Olmaliq»ga qarshi 6-tur uchrashuvida raqibi oyog`iga jarohat etkazish maqsadida zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Qizilum» yarim himoyachisi Azizbek Usmonov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Paxtakor»ga qarshi 7-tur uchrashuvida raqibiga qo`l bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Lokomotiv» yarim himoyachisi Ikromjon Aliboev 4ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Mash`al»ga qarshi 7-tur uchrashuvida jamoadoshi sha`niga noma`qul (beadab) fikrlarni bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Olmaliq» himoyachisi Temur Kagirov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Andijon»ga qarshi 7-tur uchrashuvida bosh hakam sha`niga noma`qul (beadab) fikrlar bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «Buxoro» himoyachisi Umrillo Ramazonov 3ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Navbahor»ga qarshi 6-tur uchrashuvida bosh hakam sha`niga noma`qul (beadab) fikrlarni bildirgani uchun maydondan chetlatilgan «So`g`diyona» murabbiyi Ruslan Ahmedov 1ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi va ogohlantirildi.
Birinchi Liga
«Zomin»ga qarshi birinchi bosqich 5-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi sabab maydondan chetlatilgan «Sherdor» yarim himoyachisi Nurbek Safarov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Chust-Paxtakor»ga qarshi birinchi bosqich 6-tur uchrashuvida raqibiga oyoq bilan haddan ortiq kuch bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Obod» himoyachisi G`ayrat Umirov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.
«Kosonsoy»ga qarshi birinchi bosqich 7-tur uchrashuvida, o`yin bo`layotgan vaqtda raqibini haddan ortiq kuch bilan turtib yuborgani uchun maydondan chetlatilgan «Obod» yarim himoyachisi Doniyor Hasanov 2ta o`yinga diskvalifikatsiya qilindi.