O`zbekiston chempionati-2014 uchrashuvlarida hakamlik munosib darajada bo`lmoqda

06.05.2014

O`zbekiston chempionati-2014 uchrashuvlarida hakamlik munosib darajada bo`lmoqda

O`zbekiston XXIII milliy chempionati birinchi davra o`yinlarining yarmi ortda qoldi.

Hakamlar faoliyati an`anaviy ravishda eng ko`p muhokama qilinadigan mavzulardan biri hisoblanadi. Arbitrlarning faoliyatiga klublar, matbuot, muxlislar munosabat bildiradi.

Oliy Liga jamoalari o`rtasidagi musobaqaning qayd etilgan qismi davomidagi hakamlikni tahlil qilib, hakamlar uchrashuvlarni munosib darajada boshqarib borayotganliklarini ishonch bilan ta`kidlash mumkin. O`tgan 49 uchrashuv davomida nazoratchilar tomonidan bosh hakamdan tortib zaxira hakamlarigacha hech kimga birorta ham past baho qo`yilgani yo`q.

Joriy Chempionatda medallar uchun da`vogar hisoblangan «Paxtakor» va «Lokomotiv» jamoalari o`rtasidagi Oliy Liga 7-tur markaziy uchrashuvidagi FIFA referisi Valentin Kovalenkoning, bellashuvning keskin va shiddatli ruhiga qaramay, e`tirozga sabab bo`lmagan harakatlari – malakali hakamlik faoliyati namunalaridan biri bo`ldi.

O`zbekiston Futbol Federatsiyasi, O`zbekiston Professional Futbol Ligasi «Paxtakor» – «Lokomotiv» uchrashuvidagi sifatli hakamlik ishini munosib baholadi. Bosh hakamga 1 million so`m miqdorida bonus bilan taqdirlash haqida qaror qabul qilindi.
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib