«Paxtakor» va «Lokomotiv» o`zaro durang o`ynadi

03.05.2014

«Paxtakor» va «Lokomotiv» o`zaro durang o`ynadi

Oliy Liga 7-turining markaziy uchrashuvi – musobaqa peshqadami «Paxtakor» va uni izma-iz ta`qib etib borayotgan «Lokomotiv» o`rtasidagi Toshkent derbisida g`olib aniqlanmadi.

3 may, shanba kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo`lib o`tgan uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi. Qayd etish joiz, o`yin davomida nominal mehmon vazifasini bajargan «Lokomotiv» futbolchilari ikki bor hisobda oldinda borishdi.
Uchrashuvda hisob 11-daqiqada «Lokomotiv» hujumchisi Ivan Nagaev tomonidan ochildi, biroq taxminan 20 daqiqa o`tganidan so`ng «Paxtakor» himoyachisi Aleksandr Merzlyakov hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo`limda chap qanot yarim himoyachisi Jasur Hasanovning jarimadan yo`llagan zarbasidan so`ng Vadim Abramov shogirdlari yana hisobda oldinga chiqib olishgandi, biroq o`yin asosiy vaqti tugashi arafasida «Paxtakor»ning boshqa bir himoyachisi – Egor Krimets jamoasini mag`lubiyatdan qutqarib qolgan gol muallifiga aylandi.

Ushbu natijadan so`ng «Paxtakor» 19 ochko bilan Oliy Liga peshqadamligini davom ettirmoqda. Uning eng yaqin ta`qibchilari – «Lokomotiv» va «Bunyodkor» hisobida 15 ochkodan bor.

3 may kuni Oliy Liga 7-tur uchrashuvlari doirasida, shuningdek, «So`g`diyona» – «Nasaf» (1:2), «Metallurg» – «Neftchi» (2:1), «Andijon» – «Buxoro» (2:0), «Mash`al» – «Olmaliq» (0:0) uchrashuvlari bo`lib o`tdi. Turni 2 may kuni «Bunyodkor» va «Navbahor» jamoalari o`rtasidagi o`yin ochib bergan, unda maydon egalari 3:0 hisobida yirik g`alabaga erishgandi.

Oliy Liga, 7-tur uchrashuvlari
3 may, shanba
«Metallurg» (Bekobod) – «Neftchi» (Fergana) – 2:1. 2776 tomoshabin.
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo`ldoshev (Buxoro), I. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent).
O`zPFL vakili: V. Shtern.
Gollar: S. Mamadaliev (13), Sh. Nurmatov (73) – O. Zokirov (3).
Eng yaxshi o`yinchilar: Sh. Nurmatov - N. Otaqo`ziev.

«So`g`diyona» (Jizak) – «Nasaf» (Qarshi) – 1:2. 4565 tomoshabin.
Hakamlar:
H. Ro`ziev (Toshkent), T. Galeev (Toshkent), S. Shoyusupov (Toshkent), A. Jo`raxonov (Andijon)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
O`zPFL vakili: B. Haydarov.
Gollar: S. Berdiev (90+4) – A. Gevorkyan (40, 85).
Ogohlantirishlar: R. Hayitov (40), A. No``monov (74) – Sh. A`zamov (85).
Chetlatishlar: V. Mageramov (59) – A. Allaniyozov (59).
Eng yaxshi o`yinchilar: S. Berdiev – A. Gevorkyan.

«Andijon» (Andijon) – «Buxoro» (Buxoro) – 2:0. 4717 tomoshabin.
Hakamlar:
D. Pislegin (Toshkent), F. Hasanov (Namangan), R. G`opurov (Namangan), D. Dosanov (Toshkent)
Nazoratchi: V. Valitskiy (Toshkent).
O`zPFL vakili: R. Chernikov.
Gollar: O. Nurboev (77, avtogol), R. Rahmonov (86).
Ogohlantirishlar: T. G`aniev (90) – R. Aslanov (23), Sh. Raimqulov (39), S. Ne`matov (45), P. Vuyovich (60), G. Kvesieshvili (81).
Eng yaxshi o`yinchilar: R. Rahmonov – P. Vuyovich.

«Paxtakor» (Toshkent) – «Lokomotiv» (Toshkent) – 2:2. 9151 tomoshabin.
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), V. Agishev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
O`zPFL vakili: F. Magametov.
Gollar: A. Merzlyakov (29), E. Krimets (89) – I. Nagaev (11), J. O. Hasanov (76).
Ogohlantirishlar: D. Hoshimov (56), K. Tojiev (87), Sh. Karimov (90+2) – D. Jabborov (36), L. To`raev (90).
Eng yaxshi o`yinchilar: E. Krimets – I. To`xtaxo`jaev.

«Qizilqum» (Navoiy) – «Dinamo» (Samarqand) – 2:0. 9732 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: G`. Karimov (Toshkent).
O`zPFL vakili: A. Frolov.
Gollar: Sh. Jo`raev (7), Alish. Xoliqov (85).
Ogohlantirishlar: N. Alimov (35), Sh. Jo`raev (86), A. Rustamov (90+3) – A. Samatov (35), A. Bobojonov (54), A. Agaliev (57).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Makosin – A. Melnichuk.

«Mash`al» (Muborak) – «Olmaliq» (Olmaliq) – 0:0. 3251 tomoshabin.
Hakamlar:
V. Tseytlin (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), N. Boltaev (Navoiy)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
O`zPFL vakili: N. Lutfulin.
Ogohlantirishlar: Z. Komilov (63), A. Derkach (72), J. Hasanov (barchasi - «Mash`al», 89).
Eng yaxshi o`yinchilar: S. Quvvatov – Sh. Zuagi. 

cola
apex
mib
mib
mib
mib