7 may, chorshanba kuni Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak finali doirasida Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga qarshi maydonga tushadigan «Bunyodkor» Oliy Liga 7-turi doirasidagi «Navbahor»ga qarshi o`yinda yirik – 3:0 hisobida g`alaba qozondi.
Oliy Liga 7-turning qolgan uchrashuvlari 3 may, shanba kuni o`tkaziladi.
Oliy Liga, 7-tur uchrashuvi
2 may, juma
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Navbahor» (Namangan) – 3:0. 2476 tomoshabin.
Hakamlar: M. Muhamedov (Toshkent viloyati), X. Mirzaahmedov (Toshkent viloyati), A. Snetkov (Toshkent viloyati), S. Sattorov (Qarshi)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
O`zPFL vakili: V. Lyotkin.
Gollar: V. Shodiev (58), S. Rashidov (90), A. Pishur (90+2).
Ogohlantirishlar: A. Shorahmedov (57), O. Zoteev (68), S. Simonenko (76) – R. Hasanov (16), Yu. Rijko (49), I. Boydedaev (54).
Eng yaxshi o`yinchilar: S. Rashidov – X. Xo`jaev.
Tarkiblar:
«BUNYoDKOR»: 45.Akbar To`raev, 2.Akmal Shorahmedov, 5.Dilshod Jo`raev, 6.Anvar Gofurov (S), 11.Oleksandr Pishur, 14.Vohid Shodiev (23.Sahob Jo`raev, 90), 15.Islom Inomov, 21.Sardor Rashidov (24.Bahodir Pardaev, 62), 27.Sardor Sobirxo`jaev, 33.Oleg Zoteev (7.Alibobo Rahmatullaev, 70), 40.Sergey Simonenko
ZAXIRADAGILAR: 25.Murodjon Zuxurov, 8.Javlon Ibroximov, 10.Anvar Berdiev, 16.Karles Koto
«NAVBAHOR»: 1.Xurshid Xo`jaev 5.Raxmatillo Berdimurodov, 6.Baxtiyor Yoqubov (11.Otabek Valijonov, 75), 7.Mansur Saidov (23.Abdumalik Abdullaev, 68), 8.Azimjon Ahmedov, 9.Ilhom Boydedaev (S), 22.Shahboz Erkinov, 27.Robbim Hasanov, 33.Toxir Shamsiddinov (10.Alisher Mahmudov, 79), 47.Timur Yafarov, 50.Yuriy Rijko.
ZAXIRADAGILAR: 24.Doniyorjon Usmonov, 3.Botirbek To`raboev, 18.Sobir Hamidov, 25.Elyor Jahonov
Uchrashuvdan so`ng
Baxtiyor Ashurmatov, «Navbahor» bosh murabbiyi: «Bunyodkor» jamoasini g`alaba bilan tabriklayman. Bugungi yutuq «qaldirg`ochlar»ga OChL oldidan yaxshi kayfiyat taqdim etdi. Namangandan tashrif buyurgan muxlislarga ham minnatdorchilik bildiraman. O`yinni yaxshi boshladik va xatto 90 daqiqa juda tartibli o`ynadik. Hisobni ochish uchun juda yaxshi vaziyatlar yaratdik. Biroq Shodiev indvidual mahorati evaziga hisobni ochdi. Shundan so`ng hujumni kuchaytirdik. Chunki 1:0 yutqazding nima-yu, 2:0 yutqazding nima! Biz tavakkal qildik. Afsuski, o`yin oxirida shuncha urinishlarimiz hisobda aks etmadi. O`z xatolarimiz evaziga ikkita to`p olib chiqdik. Jamoamga o`zim istagan va ishongan futbolchilarni taklif etganman. Qo`l ostimda 20 nafar o`yinchim bor. Biz bitta oilamiz, kim maydonga tushishidan qat`i nazar jamoa manfaati uchun harakat qilamiz».
Aleksandr Volkov, «Bunyodkor» bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi: «Shunday gap bor: Sen menga do`stingni ko`rsat, men sening kimligingni aytib beraman. Baxtiyor Ashurmatovga ustozlik qilganman va uni qanday jangchi ekanligini juda yaxshi bilaman. U futbolchiligida ham oxirigacha kurashardi. Mana uni murabbiylikdagi mehnatini «Navbahor» misolida ko`rib turibmiz. O`ylashimcha, namanganliklar ko`plab jamoalarga bosh og`riq bo`lishadi. Markaziy himoyachilarimiz tezkor emas. Shu boisdan ham imkoniyat darajasida o`ynayapmiz. «Al-Jaish» bilan o`yinda ham bu nuqtaga e`tirozlar bo`ldi. Buni men boshqacha tushuntirgan bo`lardim. Bu yarim himoyachilarga bog`liq. O`tgan yili o`rta chizig`imizda tajribali futbolchilar bor edi. Bu esa himoyachilar o`yiniga ta`sir qilardi. Hozir markazimizda 90 yildan keyin tug`ilgan to`liq yoshlar o`ynashyapti. «Al-Xilol» bilan o`yinga Simonenko diskvalifikatsiya qilingan, Inomov zayavka qilinmagan. Ibroximovda jarohat bor. O`sha kunga imkoniyatimizdan kelib chiqib, yaxlit tarkib tuzamiz».