«Paxtakor» Samarqandda «Dinamo»ni mag`lub etdi

26.04.2014

«Paxtakor» Samarqandda «Dinamo»ni mag`lub etdi

26 aprel, shanba kuni Oliy Liga 6-tur uchrashuvlari start oldi.

Turning navbatdagi o`yinlari 27-28 aprel kunlari o`tkaziladi.

Oliy Liga, 6-tur uchrashuvlari
26 aprel, shanba
«Neftchi» (Farg`ona) – «Mash`al» (Muborak) 0:0
Hakamlar:
B. Namozov (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), N. Ro`zimov (Toshkent), V. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).

«Dinamo» (Samarqand) – «Paxtakor» (Toshkent) 1:2
Hakamlar:
M. Ismoilov (Toshkent), H. Shodmonov (Buxoro), A. Tsapenko (Toshkent viloyati), S. Sattorov (Qarshi)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).

«Navbahor» (Namangan) – «So`g`diyona» (Jizzax) 4:2. 5430 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Bobomurodov (Navoiy), O. Jumaev (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: V. Valitskiy (Toshkent).
«Navbahor»: 46. Xurshid Xo`jaev, 3. Botir To`raboev, 4. Shukurali Po`latov, 5. Rahmatullo Berdimurodov, 7. Mansur Saidov (23. Abdumalik Abdullaev, 46), 10. Alisher Mahmudov, 11. Otabek Valijonov, 22. Shahboz Erkinov, 25. Elyor Jahonov (9. Ilhom Boydedaev, 46), 27. Robbim Hasanov (18. Sobir Hamidov, 70), 50. Yuriy Rijko.
Zaxirada qolganlar: 24. Doniyor Usmonov, 6. Baxtiyor Yoqubov, 21. A`zam Aliev, 47. Timur Yafarov.
«So`g`diyona»: 1. Aleksandr Melenchuk, 4. Elyor Oripov, 5. Ilyos Qurbonov, 6. Ayubxon No``monov (17. Sanjar Rashidov, 74), 7. Rasul Hayitov, 13. Rustam A`zamov (8. Botir Karimjonov, 79), 14. Orif Mamajonov (23. Bobur Qosimov, 46), 18. Sardor Eminov, 19. Suhrob Qobilov, 20. Vusol Mageramov, 24. Asil Begimqulov.
Zaxirada qolganlar: 16. Nodir Ashurmatov, 3. Ilhom Komilov, 15. Jasur Hakimov, 21. Akmal Abdurahmonov.
Gollar: Sh.Erkinov (52, penalti, 65,72), A.Abdullaev (76) - I.Qurbonov (68, 75).
Ogohlantirishlar: B.To`raboev (30), O.Valijonov (40), Sh.Erkinov (69) – R.A`zamov (28), R.Hayitov (43), A.No`monov (57).

Uchrashuvdan so`ng
Davron Fayziev, «So`g`diyona» jamoasi bosh murabbiyi:
«Bugun oxirgi marta matbuot anjumaniga kirishim bo`lsa kerak. Chunki har bir murabbiyda ham chek-chegarasi bo`ladi. Yaqin kunlar ichida bir qarorga kelishga ahd qildim. Qanday qarorga kelishim esa so`zlarimning o`zidan ma`lum. Natija ijobiy ko`rinish olmayaptimi, demak bu erda murabbiy aybdor. Qolganini muhokama qilishga xojat bo`lmasa kerak. Balki jamoaga yangi murabbiy kelar. O`yin to`g`risida gapiradigan bo`lsam, darvozamizga belgilangan penalti jamoamizni ruhiy tomondan sindirib qo`ydi deb o`ylayman. Oldingi uchrashuvlarda ham birinchi o`tkazib yuborilgan goldan keyin ana shunday ruhiy tushkunlik yuzaga kelmoqda. Jamoa o`z muammolarini qanchalik tezkorlik bilan bartaraf etishni uddasidan chiqsa, ijobiy natijalar bo`ladi. O`yin qiziqarli tarzda o`tdi. Hisobni ikki marta qisqartirgan bo`lsada, o`z darvozamizdan to`p o`tkazib yubordik. Nazarimda bugun ikki teng kuchli jamoa maydonda kuch sinashdi. «Navbahor»da ham muammolar borligini bilardik. Lekin, bizdagi muammolar namanganliklarnikidan ham ayanchli ahvolda. O`yindagi g`alaba bilan «Navbahor» futbolchilarini tabriklayman».

Baxtiyor Ashurmatov, «Navbahor» jamoasi bosh murabbiyi: «O`yinni qiyin kechishi oldindan ma`lum edi. Bir so`z bilan aytganda «So`g`diyona» yomon taassurot qoldirmadi. Birinchi bo`limda mehmonlar ustunlikka erishishdi. Jizzaxliklarda yuzaga kelgan vaziyatdan xabarimiz bor edi. Mamlakatimizning malakali murabbiylaridan biri Davron Fayziev qiyin sharoitda ham yaxshigina jamoani shakllantirishga erishganligini amalda isbotlamoqda. Faqatgina muammolar ijobiy natijalarni qo`lga kiritilishiga imkon bermayapti deb o`ylayman. Saidovni hujumchilar sonini oshirish maqsadida almashtirdik. Ikki nafar hujumchi bilan o`ynashni maqsad qilganimiz uchun Mansurni o`rniga boshqa futbolchini maydonga tushirdik. Nazarimda muxlislar chiroyli o`yinga guvoh bo`lishdi. Shu o`rinda muxlislarimizdan jamoa nomidan bir iltimosim bor. Har doim ham futbolda hujumkor o`yin ko`rsatib bo`lmaydi. O`yin qovushmagan paytda muxlislarimiz jamoani qizg`in tarzda qo`llab turishsa, futbolchilar ruhan o`zlarini yaxshi his qilgan holda harakat qilishadi. G`alaba bilan ishqibozlarimizni tabriklayman».

Xabar «Navbahor» FK matbuot xizmati yordamida tayyorlandi. 

cola
apex
mib
mib
mib
mib