Yoshlar Birinchiligi etakchisi hisoblangan «Neftchi» 6-turda joriy musobaqadagi o`zining beshinchi g`alabasini qo`lga kiritdi. Farg`onaliklar o`z maydonida kechgan bahsda ushbu tur arafasida «Neftchi»dan ikki ochkoga ortda qolayotgan «Mash`al» darvozasiga javobsiz ikkita gol urishdi. «Neftchi» hisobida endi 16 ochko bor.
Musobaqa peshqadamini esa joriy turda «Qizilqum»ni o`z maydonida 2:0 hisobida mag`lubiyatga uchratgan «Olmaliq» ta`qib qilishda davom etmoqda.
Yoshlar Birinchiligi, 6-tur uchrashuvlari
25 aprel, juma
«Neftchi» (Farg`ona) – «Mash`al» (Muborak) – 2:0. 525 tomoshabin.
Hakamlar: V. Nadjafaliev (Toshkent), A. O`rinov, Sh. A`zamov, Sh. Matisaev
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
Gollar: I. G`aniev (44, penalti), O. Isroilov (73).
Ogohlantirishlar: M. Fomin (40), R. Tohirov (45+1), D. Dadaboev (86) – A. Rahimzoda (25), S. Qutiboev (40).
Chetlatish: R. Tohirov (ikkinchi ogohlantirish, 78).
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Qizilqum» (Navoiy) – 2:0 125 tomoshabin.
Hakamlar: I. Garmashov (Toshkent), I. Zoitov, X. O`rolov, R. Dostonov
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Gollar: S. Jo`raev (3), A. Toshpo`latov (22).
Ogohlantirishlar: A. Saparov (90+2) – A. Abdullaev (35), S. Xolmatov (38).
Chetlatish: A. Usmonov («Qizilqum», 13).
«Dinamo» (Samarqand) – «Paxtakor» (Toshkent) – 2:2. 233 tomoshabin.
Hakamlar: S. Sattorov (Qarshi), D. Qudratov, R. Hakimov, G. Hamidov
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
Gollar: S. Boymamatov (20), I. Hamidov (26, penalti) – I. Rogovanov (4), J. Masharipov (90, penalti).
Ogohlantirish: R. Toshturdiev («Dinamo», 89).
«Navbahor» (Namangan) – «So`g`diyona» (Jizzax) – 2:0. 251 tomoshabin.
Hakamlar: A. Rahimov (Andijon), R. Fozilov, R. G`opurov, A. Rajabboev
Nazoratchi: V. Valitskiy (Toshkent).
Gollar: I. Komilov (2, avtogol), A. Axmedov (31).
68-daqiqada A. Aliev («Navbahor») penaltidan foydalana olmadi.
Ogohlantirishlar: T. Shamsitdinov (64), I. Jo`raev (75) – D. Ikromov (53), B. Qosimov (65), A. Begimqulov (68).
Chetlatish: D. Ikromov (ikkinchi ogohlantirish, 70).