Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

21.04.2014

Tartib-intizom qo`mitasi qarorlari

Tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Oliy Liga
«Dinamo»ga qarshi 3-tur uchrashuvida raqibi oyog`iga jarohat etkazish maqsadida zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «So`g`diyona» himoyachisi Elyor Oripov 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

Yoshlar Birinchiligi
«Neftchi»ga qarshi 4-tur uchrashuvida hakam sha`niga noma`qul so`zlarni aytgani uchun maydondan chetlatilgan «Qizilqum» himoyachisi Saidjon Hayitov 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.

«So`g`diyona»ga qarshi 4-tur uchrashuvida to`psiz kurash vaqtida raqibi oyog`iga zarba bergani uchun maydondan chetlatilgan «Lokomotiv» yarim himoyachisi Karen Abramov 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Andijon»ga qarshi 5-tur uchrashuvida hakam sha`niga noma`qul so`zlarni aytgani uchun maydondan chetlatilgan «Dinamo» murabbiyi Rafael Balasanyan 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

Birinchi Liga
«Qo`qon-1912»ga qarshi birinchi bosqich 2-tur uchrashuvida muxlislarga qarata noma`qul ishora qilgani uchun maydondan chetlatilgan «Lokomotiv-BFK» yarim himoyachisi Jahongir Ishoqov 3ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Istiqlol»ga qarshi birinchi bosqich 2-tur uchrashuvida o`yin to`xtatilgan vaqtda raqibi yuziga qo`li bilan urgani uchun maydondan chetlatilgan «Kosonsoy» hujumchisi Abdurazzoq Jo`raev 4ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

«Spartak»ga birinchi bosqich 4-tur uchraushuvida o`yin qoidalarini qo`pol ravishda buzgani uchun maydondan chetlatilgan «Sherdor» yarim himoyachisi Turg`un Qobilov 2ta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilindi.
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib