2014 yilgi O`zbekiston Kubogi nimchorak finaliga «Paxtakor», «Nasaf», «Dinamo», «Andijon», «Metallurg», «Olmaliq», «Navbahor», «Qizilqum», shuningdek, Birinchi Liganing to`rt vakili – «Xotira-79», «Qo`qon-1912», «Istiqlol» va «Oqtepa» chiqdi.
O`zbekiston Kubogi 1/8 finali doirasidagi dastlabki 10ta o`yin 18-19 aprel kunlari bo`lib o`tgandi.
O`zbekiston Kubogi, 1/16 final uchrashuvlari
20 aprel, yakshanba
«Oqtepa» (Toshkent) – «Mash`al» (Muborak) – 1:0 (0:0 – asosiy vaqt, 1:0 – qo`shimcha vaqt). 865 tomoshabin.
Hakamlar: D. Pislegin (Toshkent), F. Hasanov (Namangan), R. Fozilov (Namangan), D. Dosanov (Toshkent)
Nazoratchi: G`. Karimov (Toshkent).
Gol: M. Ahmadjonov (97).
Ogohlantirishlar: Z. Qoraqulov (36), M. Ahmadjonov (55), A. Shog`ulomov (48), S. Rekun (110) – E. Shomurodov (31), D. Vaniev (76), J. Abdumo`minov (77), J. Hasanov (95).
Chetlatishlar: A. Shog`ulomov (ikkinchi ogohlantirish, 108) – D. Vaniev (ikkinchi ogohlantirish, 98), Q. Bahodirov (108), J. Abdumo`minov (o`yindan so`ng).
«Mash`al-2» (Muborak) – «Qizilqum» (Navoiy) – 1:2 (1:1 – asosiy vaqt, 0:1 – qo`shimcha vaqt). 70 tomoshabin.
Hakamlar: M. Ismoilov (Toshkent), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo`ldoshev (Buxoro), Sh. Ro`ziqulov (Qarshi)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Gollar: X. Murtazaev (49) – Sh. Djuraev (11), A. Abdullaev (105).
Ogohlantirishlar: F. Dehqonov (116) – S. Shodmonov (38).
Nimchorak finalda quyidagi juftliklar o`zaro bahs olib boradi:
«Dinamo» (Samarqand) – «Metallurg» (Bekobod)
«Xotira-79» (Uychi) – «Oqtepa (Toshkent)
«Qo`qon-1912» (Qo`qon) – «Paxtakor» (Toshkent)
«Nasaf» (Qarshi) – «Andijon» (Andijan)
«Navbahor» (Namangan) – «Istiqlol» (Toshkent)
«Qizilqum» (Zarafshon) – «Olmaliq» (Olmaliq)
Uchrashuvlar 10-11 va 27-28 may kunlari bo`lib o`tadi. Nimchorak finalning dastlabki o`yinlari musobaqa jadvalida yuqoriroq turgan jamoalar maydonida bo`lib o`tadi.