O`zbekiston Kubogi, 1/16 final: Ro`ziev o`rniga Ismoilov

17.04.2014

O`zbekiston Kubogi, 1/16 final: Ro`ziev o`rniga Ismoilov

O`zbekiston Kubogi 1/16 final bosqichidagi uchrashuvlarni boshqaruvchi hakamlar tarkibida o`zgarishlar yuz berdi.

20 aprel kuni «Mash`al-2» (Muborak) – «Qizilqum» (Navoiy) uchrashuvini boshqarib borishi kerak bo`lgan Hasan Ro`ziev o`rniga Marat Ismoilov ishlaydi.

Bundan tashqari, «Bunyodkor-2» – «Nasaf» uchrashuvi zaxira hakami ham o`zgardi. Viktor Serazitdinov o`rniga ushbu uchrashuvda Artyom Kalinin to`rtinchi hakam vazifasini bajaradi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Kubogi 1/16 final bosqichi uchrashuvlari 18-20 aprel kunlari bo`lib o`tadi

cola
apex
mib
mib
mib
mib