11 aprel, juma kuni Oliy Liga 5-tur uchrashuvlari start oldi. Turni «Nasaf» - «Neftchi» va «Bunyodkor» – «Lokomotiv» uchrashuvlari ochib berdi.
Qarshi shahrida o`tkazilgan «Nasaf» va Farg`onaning «Neftchi» jamoalari o`rtasidagi bahsda maydon egalari 2:1 hisobida irodali g`alabaga erishishdi. Uchrashuvda «Neftchi» a`zosi Ruslan Melziddinov hisobni ochganiga qaramay, Ilhom Shomurodov va Artur Gevorkyan (penaltidan)ning gollari «Nasaf»ga muhim g`alabani keltirdi.
Turning markaziy uchrashuvi – «Bunyodkor» va «Lokomotiv» o`rtasidagi bahs 1:1 hisobidagi durang natija bilan tugadi. O`yinda hisob birinchi taym yakunlanishiga besh daqiqa qolganida «Bunyodkor»ning ukrainalik hujumchisi Aleksandr Pishur tomonidan ochilgan bo`lsa, o`yin yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida hujumchi Farhod Tojiev tomonidan kiritilgan gol «Lokomotiv»ni mag`lubiyatdan qutqarib qoldi.
Oliy Liga 5-tur doirasidagi qolgan uchrashuvlar 12 aprel, shanba kuni o`tkaziladi.
Oliy Liga, 5-tur uchrashuvlari
11 aprel, juma
«Nasaf» (Qarshi) – «Neftchi» (Farg`ona) 2:1. 6360 tomoshabin.
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), X. Mirzaahmedov (Toshkent viloyati), D. Dosanov (Toshkent)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
«Nasaf»: 25. Eldorbek Suyunov, 4. Maqsud Karimov, 5. Botir Qoraev, 9. Ilhom Shomurodov, (38. Doniyor Narzullaev, 90) 10. Kenja To`raev (29. Ulug`bek Dadaboev, 86) 17. Artur Gevorkyan, 20. Erkin Boydullaev, 27. Ilhom Yunusov (33. Odiljon Hamrobekov, 82), 28. Shuhrat Muhammadiev, 32. Hamza Karimov, 34. Farruh Sayfiev.
Zaxiradagilar: 1. Mixail Naumov, 7. Akramjon Bahriddinov, 23. Sherzod A`zamov, 41. Azamat Allaniyazov.
«Neftchi»: 21. G`ayratjon Hasanov, 4. Jahongir Jiyamurodov, 5. Iqbol Boboxonov, 8. Aziz Alijonov (30. Otabek Zokirov, 57), 11. Nosir Otaqo`ziev, 13. Aleksandr Kletskov, 20. Dilyorbek Ermatov, 24. Saydullo Rahmatov (22. Ro`zimboy Ahmedov, 73) 28. Abdulloh Olimov, 29. Ruslan Melziddinov( 15. Zohid Abdullaev, 76). 32. Jahongir Mehmonov.
Zaxiradagilar: 1. Sardor Qobuljonov, 2. Maksimilian Fomin, 7. Aleksandr Onika, 9. Pavel Smolyachenko.
Gollar: Ilhom Shomurodov (60), Artur Gevorkyan (66-pen) – Ruslan Melziddinov (57).
Ogohlantirish: F.Sayfiev (90) - R.Melziddinov (2), I.Boboxonov (45+2), A.Kletskov (90).
Uchrashuvdan so`ng
Ro`ziqul Berdiev, «Nasaf» bosh murabbiyi: «Bugungi o`yinda gol kerak edi. Bu qaysi darvozaga kiritilishining ahamiyati yo`q edi. Amalda shunday ham bo`ldi. Himoyachilarimizning qo`pol xatosidan keyin gol o`tkazib yubordik. Shunga qaramay futbolchilarimiz ham, muxlislarimiz ham ijobiy natijaga ishonishgandi va biz bunga erishdik. Bundan xursandmiz. «Neftchi» futbolchilari kutilganidek asosan himoyalanishdi va asosan to`pni uz jarima maydonchlaridan uzoqlashtirishga urinishdi. Oldingi chiziqda bir o`zi harakat qilgan bo`lsada Nosir Otaqo`ziev himoyachilarimizga etarlicha qarshilik ko`rsatdi. Shunga qaramay futbolchilarimiz xarakat ko`rsatishdi. Garchi dastlab o`z darvozamidzdan gol o`tkazib yuborgan bo`lsakda, o`yin so`nggida g`alabaga erishdik».
Murod Ismoilov, «Neftchi» bosh murabbiyi: «Nasaf» jamoasi muxlislarini g`alaba bilan tabriklayman. «Nasaf» yaxshi shakllangan jamoa. Shu sabab o`yinga himoyaviy taktika o`ynashga qaror qilgandik. Bu qaysidir vaqtgacha o`z samarasini berdi. Ammo xatolarimiz evaziga o`z darvozamizdan gol olib chiqishga majbur bo`ldik. Afsuski katta umidlar bilan jamoamizga taklif qilingan ayrim futbolchilarimiiz jamoaga moslashib ketishi qiyin bo`layapti. Bugun maydonda harakat qilgan futbolchilarga rahmat aytaman. Ular qo`llaridan kelganicha harakat qilishdi. Bizga hozirda g`oliblik ruhi etishmayapti, deb o`ylayman. Shunga qaramay bu vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilamiz».
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Lokomotiv» (Toshkent) 1:1. 6250 tomoshabin.
Hakamlar: H. Ro`ziev (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
«Bunyodkor»: 45.Akbar To`raev, 2.Akmal Shorahmedov, 4.Xayrulla Karimov, 5.Dilshod Jo`raev, 8.Javlon Ibrohimov, 10.Anvar Berdiev (14.Vohid Shodiev, 53), 11.Aleksandr Pishur (27.Sardor Sobirxo`jaev, 89), 15.Islom Inomov, 23.Sahob Jo`raev (24.Bahodir Pardaev, 70), 33.Oleg Zoteev, 40.Sergey Simonenko.
Zaxiradagilar: 1.Pavel Bugalo, 7.Alibobo Rahmatullaev, 9.Minori Sato, 30. Hasan Asqarov.
«Lokomotiv»: 1.Ignatiy Nesterov, 4.Boburbek Yo`ldoshev, 16.Jasur Hasanov Jumanazarovich (24.Ibrohim Rahimov, 83), 17.Salim Mustafoev, 18.Fozil Musaev (14.Andrey Kojakari, 75), 20.Islom To`xtaxo`jaev, 22.Viktor Karpenko, 23.Ivan Nagaev, 77.Jasur Hasanov Orziqulovich, 88.Lutfulla To`raev, 99.Vyacheslav Shevchenko (10.Farhod Tojiev, 63)
Zaxiradagilar: 84.Temur Jo`raev, 8.Akmal Xolmatov, 12.Sardor Rahmonov, 30.Dilshod Jabborov.
Gollar: Aleksandr Pishur (38) — Farhod Tojiev (90)
Ogohlantirishlar: Sergey Simonenko (19), Akmal Shorahmedov (43), Javlon Ibrohimov (64), Akbar To`raev (65), Xayrulla Karimov 90+1, Oleg Zoteev (90+3) — Viktor Karpenko (44)
Uchrashuvdan so`ng
Vadim Abramov, «Lokomotiv» bosh murabbiyi: «O`yinga muxlislar baho berishsin. Tepadan qanday ko`ringani ularga ayon. Darvozamizga atigi ikkita zarba bo`ldi. Shularning biri gol bilan yakunlandi. Pishurning bosh bilan yo`llagan to`pini zarba ham deb bo`lmasdi. Futbol erkaklar o`yini. Tushunmayman, nima sababdan sal qo`pollik ishlatilsa maydonda cho`zilib yotib olishadi. Bugun «Bunyodkor»ni kuchsizroq bo`lgani uchun ham durang o`ynadik. Agar kuchli bo`lganida balki yutqazardik».
Aleksandr Volkov, «Bunyodkor» bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi: «Stadion to`lgan uchrashuvlarga muxlislarning qiziqishi katta bo`ladi. Bugun ikki kuchli klub o`ynadi. O`ylaymanki, futbol ko`pchilikka yoqdi. Haqiqiy futbol spektakli bo`ldi, deyig mumkin. Tarkibimizda bir necha yo`qotishlar bor edi. Rashidov, G`ofurov, Akbarov, Koto kabi etakchilarning jarohatlanganligi o`z ta`sirini ko`rsatmay qolmadi. Hakamlarni o`qitadigan, ularga tarbiya beradigan, uchrashuvlarga tayinlaydigan insonlar bor. Hakamlar harakatini baholashni ularni vijdoniga qoldirgani ma`qul».