Yoshlar Birinchiligida 5-tur uchrashuvlari start oldi. Turning dastlabki o`yinlari 10 aprel, payshanba kuni o`tkazildi.
«Neftchi» safarda «Nasaf»ni 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. 5-turning qolgan uchrashuvlarida qanday natijalar qayd etilishidan qat`iy nazar, farg`onalik yosh futbolchilari musobaqa karvonboshiligini o`zlarida saqlab qoladigan bo`lishdi.
Yoshlar Birinchiligi 5-turi doirasidagi qolgan uchrashuvlari 11 aprel, juma kuni o`tkaziladi.
Yoshlar Birinchiligi, 5-tur uchrashuvlari
10 aprel, payshanba
«Nasaf» (Qarshi) – «Neftchi» (Farg`ona) – 0:1. 212 tomoshabin.
Hakamlar: D. Dosanov (Toshkent), F. Norsafarov, Z. Aliboev, A. Kalinin
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
Gol: I. G`aniev (77).
Ogohlantirishlar: G. G`aybullaev (70), N. Normurodov (88) – A. Fayzullaev (68), D. Tursunov (88), R. Tohirov (90+4).
Chetlatish: A. Fayzullaev (ikkinchi ogohlantirish, 83).
«Bunyodkor» (Toshkent) – «Lokomotiv» (Toshkent) – 1:1. 110 tomoshabin.
Hakamlar: E. Tursunov (Buxara), R. Nugmanov, R. Lutfulin, F. Yormuhamedov.
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
Gollar: A. Po`latov (56, avtogol) – S. Abdullaev (45).
Ogohlantirishlar: Sh. Abdurahimov (13), A. Umarjonov (77) – A. Po`latov (46), K. Ro`ziev (70), A. Shadrin (78), I. Suyunov (90).