Babayan va Iskanderov – mart oyi laureatlari!

11.04.2014

Babayan va Iskanderov – mart oyi laureatlari!

O`zbekiston chempionatining mart oyidagi eng yaxshi murabbiyi va o`yinchisini aniqlash bo`yicha jurnalistlar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnomada «Paxtakor» vakillari – jamoa bosh menejeri Samvel Babayan va iqtidorli yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov g`olib chiqdi.

O`zbekiston chempionatining mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlash bo`yicha OAV xodimlari, jurnalistlar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnoma 7-10 aprel kunlari bo`lib o`tdi. So`rovnomada jurnalistlar Oliy Liga klublarida faoliyat olib borayotgan 10 nafar murabbiy va 24 nafar futbolchini g`oliblikka da`vogar sifatida ko`rsatishdi.

Murabbiylar o`rtasidagi kurashda «Paxtakor» bosh menejeri Samvel Babayan, «Olmaliq» ustozi Igor Shkvirinni 19 ballga ortda qoldirib, mart oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Ushbu mutaxassis qo`l ostida «Paxtakor» mart oyida Oliy Liga-2014 doirasida uchta o`yin o`tkazdi va barchasida g`alaba qozondi. Jumladan, jamoa o`z maydonida «Qizilqum»ni 1:0 hisobida mag`lub etgan bo`lsa, safarda «Andijon» va «Neftchi» jamoalari ustidan mos ravishda 1:0 va 2:1 hisobida g`alaba qozondi.

Futbolchilar orasida esa mart oyi yakunlariga ko`ra «Paxtakor» yarim himoyachisi Jamshid Iskanderovga teng keladigan futbolchi topilmadi. «Paxtakor»ning mart oyidagi o`yinlarida Iskanderov gol urmagan bo`lsa-da, jamoasining ketma-ket g`alabalarida va oxir-oqibat Oliy Liga-2014 jadvalida yakka peshqadam bo`lib olishida muhim rol o`ynadi, o`zining chiroyli va aniq to`p uzatishlari bilan nafaqat muxlis va mutaxassislar olqishiga sazovor bo`ldi, balki jamoadoshlarining muhim gollariga-da hammualliflik qildi.

Ma`lumot o`rnida, mart-noyabr oylarida o`tkaziladigan Oyning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi tanlovilarining natijalari umumlashtirib chiqiladi va natijalardan kelib chiqib, O`zPFLning 2013 yildagi eng yaxshi futbolchisi va murabbiyi nomi aniqlanadi.

«Oyning eng yaxshi o`yinchisi» so`rovnomasi mart oyi kuchli beshligi:
1. Jamshid Iskanderov («Paxtakor») – 82 ball.
2. Sherzod Hakimov («Olmaliq») – 47 ball.
3. Ivan Nagaev («Lokomotiv») – 42 ball.
4. Vohid Shodiev («Bunyodkor») – 27 ball.
5. Andrey Melnichuk («Paxtakor») – 16 ball.

«Oyning eng yaxshi murabbiyi» so`rovnomasi mart oyi kuchli beshligi:
1. Samvel Babayan («Paxtakor») – 95 ball.
2. Igor Shkvirin («Olmaliq») – 76 ball.
3. Baxtiyor Ashurmatov («Navbahor») – 65 ball.
4. Vadim Abramov («Lokomotiv») – 33 ball.
5. Ro`ziqul Berdiev («Nasaf») – 26 ball. 

cola
apex
mib
mib
mib
mib