7 aprel kuni Oliy Liga 4-tur uchrashuvlari doirasidagi so`nggi o`yin bo`lib o`tdi. Turni Toshkentning «Lokomotiv» hamda Jizzaxning «So`g`diyona» jamoalari o`rtasidagi o`yin yakunlab berdi.
Toshkentdagi «Lokomotiv» stadionida bo`lib o`tgan bahs maydon egalarining 3:1 hisobidagi ishonchli g`alabasi bilan yakuniga etdi.
Uchrashuvda hisob 29-daqiqada hujumchi Ivan Nagaev tomonidan ochilgan bo`lsa, oradan ikki daqiqa o`tar-o`tmas, «temiryo`lchilar»ning ukrainalik hujumchisi Vyacheslav Shevchenko hisobdagi farqni oshirdi.
Ikkinchi bo`limda o`ng qanot yarim himoyachisi Jasur Hasanov «Lokomotiv»ning uchinchi goliga mualliflik qilgan bo`lsa, o`yin asosiy vaqti yakunlanishiga olti daqiqa qolganidan «So`g`diyona» yarim himoyachisi Suhrob Berdiev o`z jamoasining hisob qisqartiruvchi yagona goliga mualliflik qildi.
Eslatib o`tamiz, Oliy Liga 4-tur uchrashuvlari 5 aprel kuni start olgan, 6 aprel kuni tur doirasida ikkita o`yin o`tkazilgandi. Navbatdagi, 4-tur uchrashuvlari 11-12 aprel kunlari o`tkaziladi.
Oliy Liga, 4-tur uchrashuvi
7 aprel, dushanba
«Lokomotiv» (Toshkent) – «So`g`diyona» (Jizzax) – 3:1. 2010 tomoshabin.
Hakamlar: I. Tantashev (Buxoro), H. Shodmonov (Buxoro), X. Mirzaahmedov (Toshkent viloyati), D. Dosanov (Toshkent)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
O`zPFL vakili: V. Letkin.
«Lokomotiv»: 1. Ignatiy Nesterov, 4.Boburbek Yo`ldoshev, 17.Salim Mustafoev, 18.Fozil Musaev, 20.Islom To`xtaxo`jaev, 22. Viktor Karpenko, 23.Ivan Nagaev (9.Sardor Mirzaev 79), 24.Ibrohim Rahimov (16.Jasur Hasanov 69), 77.Jasur Hasanov, 88.Lutfulla To`raev, 9. Vyacheslav Shevchenko (10.Farhod Tojiev 68)
Zaxira: 84.Temur Jo`raev, 8.Akmal Xolmatov, 30.Dilshod Jabborov, 11.Aleksandr Shadrin
«So`g`diyona 1.Aleksandr Melenchuk (S), 3.Ilhom Komilov, 6.Ayubxon No``monov, 7.Rasul Hayitov, 13. Rustam A`zamov, 14.Orif Mamajonov (20.Vusal Mageramov 46), 15.Jasur Hakimov (23.Bobur Qosimov 64), 18.Sardor Eminov, 19.Suhrob Qobilov (17.Sanjar Rashidov, 82), 24.Asiljon Begimqulov, 25.Suhrob Berdiev
Zaxira: 16.Nodirjon Ashurmatov, 8.Botirjon Karimjonov, 21.Akmal Abdurahmonov, 22.Furqat Hasanboev
Gollar: I. Nagaev (29), V. Shevchenko (31), J. (kichik) Hasanov (72) – S. Berdiev (84).
Ogohlantirishlar: F. Musaev (33), B. Yo`ldoshev (60) – B. Qosimov (68).
Eng yaxshi o`yinchilar: I. Nagaev – S. Berdiev.
Uchrashuvdan so`ng
Davron Fayziev, «So`g`diyona» bosh murabbiyi: «Lokomotiv»ni xaqli g`alaba bilan tabriklayman. Ikki jamoa ham ochiq futbol namoyish etdi. Biz oldingi o`yinlar kabi ko`plab xatolarimiz evaziga ko`p gollar o`tkazib yuboryapmiz. Muammolarimiz etarlicha. Bunaqa vaziyatlarda biz murabbiylarga judayam og`ir».
Vadim Abramov, «Lokomotiv» bosh murabbiyi: «O`yinda yutganimiz bu bizni yaxshi o`ynadi degani emas. Legionerlarimizda hali o`zlarini ko`rsatish uchun imkoniyat bo`ladi. Bu o`yin derbi oldidan yaxshi tayyorgarlik vazifasini o`tab berdi. Stadion hodimlariga maydonni tayyor holatga keltirishganligiga o`z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman».