Yoshlar Birinchiligida 4-tur uchrashuvlari yakuniga etdi. Turni «Lokomotiv» va «So`g`diyona» jamoalari o`rtasidagi bahs yakunlab berdi.
Toshkent Temiryo`l muhandislari instituti stadionida bo`lib o`tgan o`yin to`liq «Lokomotiv» futbolchilari tashabbusi ostida o`tdi va 4:0 hisobida «temiryo`lchilar» g`alabasi bilan yakuniga etdi.
Uchrashuvdagi barcha gollar birinchi taymda urildi. Xususan, Doniyor Usmonov uchrashuvda xet-trikka erishgan bo`lsa, yana bir gol Boburbek Tillaboev hisobiga yozildi.
Eslatib o`tamiz, Yoshlar Birinchiligida 4-tur uchrashuvlari 4 aprel kuni start olgandi, yana ikkita o`yin 5 aprel kuni o`tkazildi.
Yoshlar Birinchiligi, 4-tur uchrashuvlari
4 aprel, juma
«Neftchi» (Farg`ona) – «Qizilqum» (Navoiy) – 0:0. 618 tomoshabin.
Hakamlar: A. Rahimov (Andijon), Sh. A`zamov, Sh. Matisaev, R. Kopadze
Nazoratchi: G`. Karimov (Toshkent).
Ogohlantirishlar: A. Kletskov (19), I. G`aniev (87) – N. Alimov (15), A. Abdullaev (29), R. Sanaev (75), A. Jo`raboev (77).
Chetlatish: S. Hayitov («Qizilqum», 78).
«Mash`al» (Muborak) – «Paxtakor» (Toshkent) – 2:0. 462 tomoshabin.
Hakamlar: E. Tursunov (Buxoro), A. Kalinin, F. Norsafarov, D.Hamidov
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
Gollar: Sh. Dostonov (45, 62).
Ogohlantirishlar: E. Ergashev (31), A. Rahimzoda (50), B. Nosirov (53), S. Rahmatullaev (58) – A. Yusupov (29), V. Grigorev (65).
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Andijon» (Andijon) – 3:1. 95 tomoshabin.
Hakamlar: D. Karimov (Toshkent), R. Sahobutdinov, D. Komilov, R. Dostonov
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
Gollar: Sh. Mirzaev (16), A. Toshpo`latov (53), A. Saparov (90) – A. Jo`raboev (17).
Ogohlantirishlar: Sh. Mullajonov (13), D. Nabiev (85).
«Buxoro» (Buxoro) – «Metallurg» (Bekobod) – 0:1. 85 tomoshabin.
Hakamlar: N. Qosimov (Karshi), Sh. Rajabov, Sh. Rahmatov, A. Lyapin
Nazoratchi: A. Hotamov (Toshkent).
Gol: U. Xudoyorov (90+1).
Ogohlantirishlar: U. Rahimov (38), B. Abdunabiev (61), M. Sulaymonov (barchasi - «Metallurg», 90+3).
5 aprel, shanba
«Dinamo» (Samarqand) – «Bunyodkor» (Toshkent) – 0:0. 125 tomoshabin.
Hakamlar: A. Rubakov (Toshkent), Sh. Qamarov, S. Hakimov, D. Qudratov
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Ogohlantirishlar: X. Davronov (32), I. Xolmirzaev (35), O. Turobov (76), D. Azimov (88) – A. Komilov (36).
«Navbahor» (Namangan) – «Nasaf» (Qarshi) – 2:1. 153 tomoshabin.
Hakamlar: A. Mo`minov (Toshkent viloyati), E. Tursunov, I. Nosirov, E. Mirobidova
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
Gollar: O. Xalilov (29), S. Abdullaev (77) – S. Qo`ziev (90+5).
16-daqiqada G. G`aybullaev («Nasaf») penaltidan foydalana olmadi.
Ogohlantirishlar: M. Sayfutdinov (15), M. Rasulov (30), A. Ismoilov (85) – S. Qo`ziev (86).
6 aprel, yakshanba
«Lokomotiv» (Toshkent) – «So`g`diyona» (Jizzax) – 4:0. 111 tomoshabin.
Hakamlar: D. Dosanov (Toshkent), A. Najafaliev, D. Muxtorov, O. To`ychiboev
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
Gollar: D. Usmonov (8, 13, 45+2), B. Tillaboev (39).
Ogohlantirish: S. Rahmonov («Lokomotiv», 90).
Chetlatishlar: K. Abramov (85) – S. Qahhorov (26).