Oliy Liga: «Bunyodkor» Samarqandda yutdi, «Nasaf» Kosonsoyda yutqazdi

06.04.2014

Oliy Liga: «Bunyodkor» Samarqandda yutdi, «Nasaf» Kosonsoyda yutqazdi

6 aprel, yakshanba kuni Oliy Liga 4-tur uchrashuvlari doirasida ikkita o`yin bo`lib o`tdi. Tur o`yinlari 5 aprel kuni start olgan bo`lib, 7 aprel kuni «Lokomotiv» – «So`g`diyona» o`yini bilan yakuniga etadi.

Samarqandda bo`lib o`tgan «Dinamo» va «Bunyodkor» jamoalari o`rtasidagi uchrashuvda mehmonlar 2:0 hisobida g`alaba qozonishdi. 16-daqiqada «Dinamo» himoyachisi Akmal Xolmurodov o`z darvozasini nishonga olib qo`ygan bo`lsa, ikkinchi bo`limda Oleg Zoteev jamoasi ustunligini mustahkamlagan gol muallifiga aylandi.

Kosonsoyda esa Namanganning «Navbahor» hamda Qarshining «Nasaf» jamoalari o`zaro to`qnashdi. Qiziqarli kurashlarga boy kechgan bahs mezbonlarning kichik – 1:0 hisobidagi g`alabasi bilan yakuniga etdi. «Navbahor»ga so`nggi to`rt o`yinga ettinchi ochkoni keltirgan golga yarim himoyachi Alisher Mahmudov mualliflik qildi.

Oliy Liga, 4-tur uchrashuvlari
6 aprel, yakshanba
«Dinamo» (Samarqand) – «Bunyodkor» (Toshkent) 0:2. 13154 tomoshabin.
Hakamlar:
A. Asimov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent viloyati), F. Hasanov (Namangan), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
«Dinamo»: 27.Andrey Melnichuk, 4.Asror Aliqulov, 5.Ildar Mamatkazin, 6.Akmal Bozorov (17.Abdulla Nabiev, 75), 7.San`at Shixov, 10.Zayniddin Tojiev, 16.Akmal Xolmurodov (26.Komil Sharofetdinov, 54), 18.Sirojiddin Sayfiev (12.Iskandar Xolmirzaev, 90), 21.Azamat Bobojonov, 22.Alisher Samatov, 55.Avaz Agaliev.
Zaxira: 1 . Igor Mixaylov, 3.Saddam Boymamatov, 32.Jasur Azimov, 95.Firdavs Abdusalimov
«Bunyodkor»: 45.Akbar To`raev, 4.Xayrulla Karimov, 5.Dilshod Jo`raev, 8.Javlon Ibroximov, 10.Anvar Berdiev ( 14.Vohid Shodiev, 74), 11.Oleksandr Pishur (24.Bahodir Pardaev, 87), 15.Islom Inomov, 21.Sardor Rashidov, 23.Sahob Jo`raev, 33.Oleg Zoteev (9.Minori Sato, 69), 40 . Sergey Simonenko.
Zaxira: 25.Murodjon Zuxurov, 2.Akmal Shorahmedov, 6.Anvar G`ofurov, 18.Bobirjon Akbarov.
Gollar: Akmal Xolmurodov (16, avtogol), Oleg Zoteev (64).
Ogohlantirishlar: Azamat Bobojonov (20), Komil Sharofetdinov (82), Ildar Mamatkazin (83) – Minori Sato (72) , Sergey Simonenko (79).

Uchrashuvdan so`ng
Murod Otajonov, «Bunyodkor» klubi murabbiyi:
«Xursandmanki, «Bunyodkor» futbolchilari uzoq parvozlardan so`ng o`zlariga kelishdi. Muvaffaqiyatsiz o`yinlardan so`ng yigitlar ruhan o`zlariga kelib olishdi. Ko`rsatmalarimizni to`liq bajarishdi. G`alabaga erishishni ko`proq istagan jamoa g`olib bo`ldi. Agar «Dinamo»ni muxlislar bugungidek qo`llab turishsa jamoa yaxshi o`ynayveradi. Bejizga ularni 12-o`yinchi deb aytishmaydi. Samarqand jamoasiga keyingi o`yinlarda omad tilayman».

Ravshan Xaydarov, «Dinamo» bosh murabbiyi: «O`yinga mos natija bo`ldi deb o`ylamayman. Jamoamizda ham bir qator imkoniyatlar bo`ldi, biroq vaziyatlardan foydalanishda bizga omad etishmadi. Umuman olganda esa, «Bunyodkor»ning bizdan mahorat va tajriba bobida ustun ekanligi ko`rindi. Butun uchrashuv davomida bizni qo`llab-quvvatlagan muxlislarimizga rahmat. Afsuski, ular istagan natijani hisobda ko`rsata olmadik. Umid qilamanki, keyingi o`yinlarda buning uddasidan chiqamiz».

«Navbahor» (Namangan) – «Nasaf» (Qarshi) 1:0. 9229 tomoshabin.
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Mo`minov (Toshkent viloyati),
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
«Navbahor»: 46. Xurshid Xo`jaev, 4. Shukurali Po`latov, 5. Rahmatullo Berdimurodov, 7. Mansur Saidov (9. Ilhom Boydedaev, 58), 8. Azim Ahmedov (18. Sobir Hamidov, 44), 10. Alisher Mahmudov (21. A`zam Aliev, 73), 11. Otabek Valijonov, 23. Abdumalik Abdullaev, 27. Robbim Hasanov, 33. Tohir Shamsiddinov, 50. Yuriy Rijko.
Zaxirada qolganlar: 24. Doniyor Usmonov, 3. Botir To`raboev, 22. Shahboz Erkinov, 25. Elyor Jahonov.
«Nasaf»: 25. Eldorbek Suyunov, 4. Maqsud Karimov, 5. Botir Qoraev (7. Akram Bahriddinov, 79), 9. Ilhom Shomurodov, 16. Alisher Yusupov (28. Shuhrat Muhammadiev, 46), 17. Artur Gevorkyan (S), 20. Erkin Boydullaev, 23. Sherzod A`zamov, 27. Ilhom Yunusov, 34. Farruh Sayfiev, 41. Azamat Allaniyozov (10. Kenja To`raev, 46).
Zaxirada qolganlar: 30. O`tkir Yusupov, 14. Laziz Ubaydullaev, 29. Ulug`bek Dadaboev, 32. Hamza Karimov.
Gol: A.Mahmudov (23) .
Ogohlantirishlar: T.Shamsiddinov (83), X.Xo`jaev (86) – A.Gevorkyan (57), Sh.A`zamov (65).

Uchrashuvdan so`ng
Ro`ziqul Berdiev, «Nasaf» jamoasi bosh murabbiyi:
«Futbolda yaxshi o`ynab ham yutqazish mumkin ekan. Bugun ham shunday bo`ldi. G`alaba bilan «Navbahor» jamoasini tabriklayman. Ikki xil bo`limlarga guvoh bo`ldik. Birinchi bo`limda mezbonlar ochiq o`yin ko`rsatishgan bo`lsada, gol urishganidan keyin asosiy e`tiborni himoyaga qaratishdi. Futbolchilarimizda gol urish imkoniyatlari bo`lsada, vaziyatlarga golga aylantira olmadik. Ayrim holatlarda «Navbahor» posboni ham yaxshi o`yin ko`rsatdi».

Baxtiyor Ashurmatov, «Navbahor» jamoasi bosh murabbiyi: «O`yin haqida nima ham deyish mumkin. «Neftchi»ga qarshi uchrashuvdagi durang biz uchun mag`lubiyatdek tuyulgandi. Muxlislarimizning ayrimlari ushbu durangdan fojea yasashgandi. Bu borada ayrim e`tirozlar ham bo`lgandi. Ushbu g`alaba «Navbahor»ni yoqtirmaydigan ayrim ishqibozlar uchun munosib javob bo`ldi. Jamoaga kelganimdan keyin tanish bilishchilik qilganim yo`q. Shu sababli ham bu o`yinchini olmaganding, tarkibga qo`shgan futbolchilaring bo`sh o`yin ko`rsatmoqda degan e`tirozlar bildirilgandi. Yigitlar bor kuch va mahoratlarini ishga solgan holda harakat qilishdi. Bugungi uchrashuvdagi raqibimiz jiddiy jamoalardan biri edi. Ayni paytdagi tarkib bilan «Nasaf» bir necha yillardan beri harakat qilib kelmoqda. Bir so`z bilan aytganda, Berdiev Qarshida yaxshigina jamoani shakllantirishga erishgan. Bejizga 2013 yilning O`zbekistondagi eng yaxshi murabbiyi bo`lmagandi. Bunda jamoaga qarshi o`ynash oson bo`lmasdi. Muxlislarimiz ishonchini qozonish uchun ham g`alaba qozonishimiz shart edi. Shu sababli, maydonga faqat g`alabani ko`zlab maydonga tushgandik. Xudoga shukurki, yakunda uch ochkoni qo`lga kiritib, muxlislar va rahbariyat oldida yuzimiz yorug` bo`ldi».
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib