Yoshlar Birinchiligi: «Bunyodkor» «Dinamo» bilan durang o`ynadi

06.04.2014

Yoshlar Birinchiligi: «Bunyodkor» «Dinamo» bilan durang o`ynadi

5 aprel, shanba kuni Yoshlar Birinchiligi 4-tur uchrashuvlari doirasida ikki o`yin bo`lib o`tdi.

Samarqandda mahalliy «Dinamo» va Toshkentning «Bunyodkor» jamoalari yoshlari o`rtasidagi bahsda hisob ochilmadi. To`raqo`rg`onda bo`lib o`tgan «Navbahor» va «Nasaf» yoshlari o`rtasidagi uchrashuvda maydon egasi hisoblangan namanganliklar 2:1 hisobida g`alaba qozonishdi.

Tur uchrashuvlari 4 aprel, juma kuni start olgandi. Turning so`nggi o`yini 6 aprel, yakshanba kuni «Lokomotiv» va «So`g`diyona» jamoalari o`rtasida o`tkaziladi.
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib