5 aprel, shanba kuni Oliy Liga 4-tur uchrashuvlari start oldi. Shu kuni tur doirasidagi to`rtta uchrashuv o`tkazildi.
Mavsumni nisbatan muvaffaqiyatsiz boshlagan vodiy jamoalari – «Neftchi» va «Andijon» joriy turda kamida bittadan ochko ishlashga muvaffaq bo`lishdi. «Neftchi» o`z maydonida dastlabki turlarda «Bunyodkor» va «Paxtakor»ga munosib qarshilik ko`rsatgan «Qizilqum» bilan 0:0 hisobida durang o`ynagan bo`lsa, musobaqaning dastlabki uchta o`yinida faqat mag`lubiyatini alamini totgan «Andijon», kutilmaganda, «Olmaliq» uyidan bir ochko bilan qaytadigan bo`ldi.
Dramatik kurashlarga boy bo`lgan «Buxoro» – «Metallurg» o`yini 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etishi mumkin edi, biroq o`yin tugashi arafasida «Metallurg» vakili Ziyovutdinov «Buxoro» darvozasiga belgilangan penaltidan unumli foydalana olmadi. Muborakda «Mash`al» mehmoni bo`lgan «Paxtakor» esa Jamshid Iskanderovning 30 metrlar masofadan yo`llagan aniq zarbasi evaziga musobaqa jadvalidagi peshqadamlikni saqlab qoldi.
Turning navbatdagi o`yinlari 6-7 aprel kunlari o`tkaziladi. Xususan, yakshanba kuni Samarqandda «Dinamo» – «Bunyodkor», Kosonsoyda «Navbahor» – «Nasaf» uchrashuvlari o`tkazilsa, dushanba kuni Toshkentda «Lokomotiv» – «So`g`diyona» o`yini rejalashtirilgan.
Oliy Liga, 4-tur uchrashuvlari
5 aprel, shanba
«Neftchi» (Farg`ona) – «Qizilqum» (Zarafshon) 0:0
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), A. Tsapenko (Toshkent viloyati), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: G`. Karimov (Toshkent).
«Neftchi»: G`ayrat Hasanov, Iqbol Boboxonov, Dilyorbek Ermatov, Jahongir Jiyamurodov, Jahonir Mehmonov, Aziz Alijonov (Zohid Abdullaev, 46), Aleksandr Onika (Pavel Smolyachenko, 75), Ruslan Melziddinov, Abdulloh Olimov, Nosir Otaquziev, Ro`zimboy Ahmedov (Maksimilian Fomin, 65).
Zaxira: Sardor Qobuljonov, Aleksandr Kletskov, Ma`ruf Murodov.
«Qizilqum»: Erkin Jabborov, Akmal Xoliqov, Akmal Rustamov (G`ayrat Jumaev, 52), Vladimir Shishelov, Samandar Shodmonov (Alisher Xoliqov, 76), Ruslan Vagapov, Mirjalol Qurbonov, Sherali Jo`raev, Asqar Muhiddinov, Aziz Usmonov, Farruh Haydarov (Fayzulla Qambarov, 69).
Zaxira: Artyom Makosin, Abdulaziz Jo`ramurdov, Jamshid Shohnazarov, Xolmatov Sarvar.
Uchrashuvdan so`ng
Yuriy Lukin, «Qizilqum» bosh murabbiyi: «Neftchi»ga qarshi uchrashuvlar qiziqarli va keskin kurashlarga boy bo`ladi. Bugun ham shunday bo`ldi. Biz Farg`onaga ochko olish ilinjida tashrif buyurgandik. Ko`zlagan maqsadimizga erishdik. Shogirdlarim ko`rsatgan o`yindan qoniqish hosil qildim. «Neftchi» o`z uyidagi har bir bahsda faqat g`alaba uchun maydonga tushishadi. Bugun ham ular shu maqsadda harakat qilishdi. Lekin ulardan ko`pincha omad yuz o`girdi. Keyingi o`yinlarda «Neftchi» jamoasiga omad tilab qolaman».
Murod Ismoilov, «Neftchi» bosh murabbiyi: «O`yin har ikkala jamoa uchun ham og`ir bo`lib o`tdi. «Qizilqum» jamoasi Farg`onaga yaxshi tayyorgarlik bilan kelganligini aytib o`tishimiz kerak. O`yin haqida gapiradigan bo`lsam, ko`p imkoniyatlardan foydalana olmadik. Shogirdlarim bor kuchlari bilan harakat qilishdi. Bizga vaziyatlarni yakunlashda ozgina sovuqqonlik etishmadi deb o`ylayman. Raqib jamoa asosan qarshi hujum taktikasida harakat qildi. Bu o`yinda shogirdlarimni ayblay olmayman. Ular qo`llaridan kelgancha harakat qilishdi. Bugungi o`yinda 3 ochko uchun maydonga tushgandik. Afsus g`alaba qozona olmadik. Jamoamizda o`yinni o`z qo`liga oladigan etakchi uyinchi etishmayotgandek tuyulyapti. Melziddinov ham, Onika ham etakchilik rolini bajara olishmayapti. Keyingi uyinlarda g`alaba qozonishga harakat qilamiz».
«Mash`al» (Muborak) – «Paxtakor» (Toshkent) 0:1 (0:0).
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
«Mash`al»: Sanjar Quvvatov, G`iyos Komilov, Otabek Narzullaev (Jahongir Abdumo`minov 46), Jamshid Hasanov, Zafar To`raev, Mirzohid G`ofurov, Sherzod Fayziev, Siroj Hamroev, Zohir Qo`ziboev, Ixtiyor Toshpo`latov (Mo`ydin Mamazulunov (67), Andrey Derkach (Abbos Omonov 77)
Zaxira: Botir Nosirov, Abbos Shodmonov, Dilyaver Vaniev, Eldor Shomurodov.
«Paxtakor»: Aleksandr Lobanov, Egor Krimits, Boyan Miladinovich, Akbar Ismatullaev (Kamoliddin Tojiev 46), Kaxi Maxaradze, Jamshid Iskanderov, Igor Sergeev (Anvar Soliev 90), Aleksandr Merzlyakov, Davron Hoshimov, Stanislav Andreev (Sherzod Karimov 68), Vladimir Kozak.
Zaxira: Akmal Tursunboev, Temur Hakimov, Kamoliddin Tojiev, Jalol Masharipov, Muhsin Ubaydullaev.
Gol: Jamshid Iskanderov (55).
Ogohlantirishlar: Jahongir Abdumo`minov (65) - Kaxi Maxaradze (56).
Uchrashuvdan so`ng
Aleksandr Xomyakov, «Mash`al» bosh murabbiyi: «G`alabani juda-juda istagan edim. Ayniqsa ikki turdan buyon o`z maydonimizda g`alaba qozonmaganimiz uchun bu istak juda kuchli edi. Buni futbolchilarga ham to`la tushunturdim. G`alaba qozonish uchun barmog`imdan kechishga ham tayyor bo`lardim. «Paxtakor» bizdan kuchli o`ynadi va g`alabaga erishdi. Maydonda uchta hujumchi bilan o`ynasak ham samara bermayotgani tashvishlantirmoqda. Golurmadik va shu bois mag`lub bo`ldik. Paxtakor»da alohida mahoratga ega bo`lgan futbolchilar juda ko`p. Bitta qulay imkoniyat va bitta gol. Futbol qoidasi ham shunday. Jamshid Iskanderovning zarbalari haqida bilardim va oxir oqibat uni ushlab qola olmadik. Hozirgacha to`rtta o`yin o`tkazgan bo`lsak hech birini maydoni ajoyib edi deya olmayman. To`gri qish davomida suniy maydonda uchrashuvlar o`tkazdik lekin bugun ikki jamoa ham bir xil maydonga tushdiyu. Hech kir futbolchini ajratib ko`rsata olmayman va e`tiroz bildirmayman».
Samvel Babayan, «Paxtakor» bosh menejeri: «Bugun to`rtinchi o`yinimizni o`tkazdik. Hali mavsumga kirishib keta olmaganimiz ko`rinib qoldi. Biz bugun ahvoli yomon maydonda harakat qildik va shuning uchun ikki raqibga qarshi o`ynagandek bo`ldik. Bor imkoniyatimizni ishga solib g`olib chiqish va jadvalda peshqadam bo`lish uchun o`ynadik va maqsadga etdik. Raqibimiz tartibli o`yin ko`rsatdi va jamoaviy o`yinni ajoyib tashkil etdi. Himoyani yorib o`tish juda ham qiyin bo`ldi. Jamoada yulduz yoki nomlar yo`q lekin jamoaviy o`yin bor. Himoyachilardan ko`nglim to`q. Bizda aynan shu chiziq tartibli o`yin ko`rsatdi desam ham bo`ladi. Ayni vaqtga kelib biz to`rt turdan so`ng bitta gol o`tkazdik. Men hujum yoki himoya deb tanlamayman. Bizda etarlicha hujumchi va himoyachi bor. Qachonki jamoaviy o`yin ko`rsatsak g`alabaga erishaveramiz».
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Andijon» (Andijon) 0:0
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Djumaev (Navoiy), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
«Buxoro» (Buxoro) – «Metallurg» (Bekobod) 2:1 (0:0)
Hakamlar: M. Ismoilov (Toshkent), N. Ro`zimov (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), N. Qosimov (Qarshi)
Nazoratchi: A. Hotamov (Toshkent).