2014 yilgi musobaqalar taqvimiga asosan, O`zbekiston Kubogi 1/16 final uchrashuvlari 19-20 aprel kunlari o`tkaziladi.
Ushbu bosqichning 10ta uchrashuv 19 aprelda, yana ikkita o`yin esa 20 aprel kuni o`tkaziladi.
O`zbekiston Kubogi, 1/16 final
19 aprel, shanba
«Guliston» - «Dinamo»
«Chust-Paxtakor» - «Metallurg»
«Xotira-79» - «Buxoro»
«Qo`qon-1912» - «Neftchi»
«Xorazm» - «Paxtakor»
«Bunyodkor-2» - «Nasaf»
«Sherdor» - «Andijon»
«Sho`rtan» - «Navbahor»
«Istiqlol» - «So`g`diyona»
«Alanga» - «Olmaliq»
20 aprel, yakshanba
«Oqtepa» - «Mash`al»
«Mash`al-2» - «Qizilqum»
Ma`lumot uchun, 2013 yilgi O`zbekiston chempioni «Bunyodkor» va 2013 yilgi O`zbekiston vitse-chempioni «Lokomotiv» joriy musobaqaga chorak final bosqichidan qo`shiladi.