«Bunyodkor» vitse-prezidenti Baxtiyor Boboevga nisbatan intizomiy choralar ko`rildi.
Oliy Liga 3-turi doirasidagi «Bunyodkor» (Toshkent) – «Olmaliq» (Olmaliq) uchrashuvi yakuniga etganidan so`ng, «Bunyodkor» vitse-prezidenti Baxtiyor Boboev uchrashuv bosh hakami yordamchisi Husniddin Shodmonov sha`niga noma`qul so`zlar aytgan va unga qarata suv idishi (baklajkasi)ni otgan.
O`zbekiston nohavaskor va yarim professional futbol klublari o`rtasidagi 2014 yilgi musobaqalar Reglamentini buzgani uchun, Tartib-intizom kodeksi asosan (5.53-modda, shuningdek, 5-mod, 2-bo`lim, 5.36-band bo`yicha) Baxtiyor Boboev jarimaga tortildi.
Bu kabi hodisalar yana takrorlanadigan bo`lsa, yanada qat`iyroq choralar ko`riladi.