«Paxtakor» Oliy Liga peshqadamiga aylandi

29.03.2014

«Paxtakor» Oliy Liga peshqadamiga aylandi

 29 mart, shanba kuni Oliy Liga 3-tur uchrashuvlari yakuniga etdi. Shu kuni tur doirasidagi olti o`yin bo`lib o`tdi.

Oliy Liga 3-tur uchrashuvlari 27 mart, payshanba kuni «Bunyodkor» – «Olmaliq» (1:1) uchrashuvi bilan start olgandi. 3-turdan so`ng, o`z maydonida «Qizilqum»ni mag`lubiyatga uchratgan «Paxtakor», 9 ochko bilan Oliy Liga peshqadamiga aylandi.

2-5-o`rinlarni band etgan «Nasaf», «Olmaliq», «Bunyodkor» va «Lokomotiv» jamoalari hisobida 7tadan ochko bor. «Nasaf» so`nggi turda o`z maydonida «Buxoro»ni 3:0 hisobida mag`lub etgan bo`lsa, «Lokomotiv» «Metallurg» uyidan 1:0 hisobidagi g`alaba bilan qaytdi.

Oliy Liga, 3-tur uchrashuvlari
29 mart, shanba
«Nasaf» (Qarshi) – «Buxoro» (Buxoro) – 3:0. 6671 tomoshabin.
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent), R. Shoyahmetov (Toshkent), V. Lushin (Guliston), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
O`zPFL vakili: R. Chernikov.
Gollar: A. Gevorkyan (16, penalti), K. To`raev (42), F. Sayfiev (54).
Ogohlantirishlar: A. G`ulomxo`jaev (5), Sh. Raimqulov (13), O. Nurboev (39), G. Kvesieshvili (barchasi - «Buxoro», 62).
Eng yaxshi o`yinchilar: K. To`raev – G. Kvesieshvili.

«Metallurg» (Bekobod) – «Lokomotiv» (Toshkent) – 0:1. 3219 tomoshabin.
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), Sh. Ro`ziqulov (Qarshi)
Nazoratchi: V. Valitskiy (Toshkent).
O`zPFL vakili: G. Rtveladze.
Gol: I. Nagaev (47).
Ogohlantirishlar: Sh. Norbekov (44), D. Karimov (51) - I. To`xtaxo`jaev (33), V. Shevchenko (51).
Eng yaxshi o`yinchilar: M. Ikromov – I. Nagaev.

«Navbahor» (Namangan) – «Neftchi» (Farg`ona) – 1:1. 12579 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: I. Sharipov (Buxoro).
O`zPFL vakili: A. Frolov.
Gollar: Sh. Po`latov (76) – D. Jiyamuradov (86).
Ogohlantirishlar: B. Yoqubov (26), R. Hasanov (64), D. Usmonov (78) – A. Olimov (27), R. Melzetdinov (51), N. Otaqo`ziev (78), M. Bobojonov (90+3).
Chetlatish: B. Yoqubov (ikkinchi ogohlantirish, 88).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Ahmedov – J. Jiyamuradov.

«So`g`diyona» (Jizzax) – «Dinamo» (Samarqand) – 1:3. 5075 tomoshabin.
Hakamlar:
Sh. Qosimov (Toshkent), B. Qodirov (Buxoro), A. Qo`ldoshev (Buxoro), A. Mo`minov (Toshkent viloyati)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
O`zPFL vakili: N. Lutfulin.
Gollar: S. Qobilov (72, penalti) – A. Xolmurodov (21), S. Sayfiev (30), Z. Tojiev (73).
Ogohlantirishlar: S. Qobilov (30) – I. Mamatkazin (33), Z. Tojiev (60), K. Sharofutdinov (62), A. Aliqulov (71).
Chetlatish: E. Oripov («So`g`diyona», 22).
Eng yaxshi o`yinchilar: A. Melenchuk – Z. Tojiev.

«Andijon» (Andijon) – «Mash`al» (Muborak) – 0:1. 8741 tomoshabin
Hakamlar: H. Ro`ziev (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), T. Gaynulin (Toshkent), O. To`ychiboev (Toshkent)
Nazoratchi: I. Mustafin (Toshkent).
O`zPFL vakili: V. Lyotkin.
Gol: Z. Qo`ziboev (83).
Ogohlantirishlar: V. Raskov (39), A. Rajabov (75) – M. G`ofurov (70), Z. To`raev (84), B. Nosirov (87).
Eng yaxshi o`yinchilar: T. G`aniev – Z. Qo`ziboev.

«Paxtakor» (Toshkent) – «Qizilqum» (Navoiy) – 1:0. 4261 tomoshabin.
Hakamlar:
T. To`xtasinov (Andijon), R. Fozilov (Namangan), A. Po`latov (Toshkent), R. Kopadze (Farg`ona)
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
O`zPFL vakili: A. Mo`minov.
Gol: K. Maxaradze (27).
Ogohlantirishlar: K. Maxaradze (7), E. Krimets (11), J. Iskandarov (30), D. Hoshimov (81) – E. Boymatov (11), N. Alimov (11), A. Rustamov (45).
Eng yaxshi o`yinchilar: K. Maxaradze – A. Makosin.

cola
apex
mib
mib
mib
mib