27 mart, payshanba kuni Oliy Liga 3-tur uchrashuvlari start oldi. Turni «Bunyodkor» va «Olmaliq» jamoalari o`rtasidagi o`yin ochib berdi.
Amaldagi chempioni va joriy mavsumda sovrinli o`rinlar uchun kurash oli borishi kutilayotgan jamoa o`rtasidagi bahs 1:1 hisobida durang natija bilan yakuniga etdi.
Uchrashuvda hisob 55-daqiqada, «Olmaliq» hujumchisi Zafar Polvonov tomonidan amalga oshirilgan penaltini «Bunyodkor» darvozaboni Akbar To`raev qaytarganidan so`ng ochildi – ushbu vaziyatda qaytgan to`pga hammadan birinchi etib kelgan «Olmaliq»ning serbiyalik yarim himoyachisi Aleksandr Alempievich Oliy Liga bahslaridagi o`zining birinchi golini urdi.
«Bunyodkor» faqat uchrashuv asosiy vaqti yakunlanishiga olti daqiqa qolganida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo`ldi. Ushbu vaziyatda Sardor Rashidovning qanotdan uzatgan to`pini Oleg Zoteev kuchli va aniq zarba bilan turkmanistonlik Maqsatmurot Shomurodov qo`riqlayotgan darvozaga to`g`rilab qo`ydi.
Ushbu natijadan so`ng har ikkala jamoa hisobida ham 7 ochkodan bor, «Olmaliq»da to`plar nisbati ko`rsatkichi ijobiyroq bo`lgani uchun, Igor Shkvirin qo`l ostidagi jamoa Oliy Liga bahslarida hozircha peshqadam bo`lib turibdi. Navbatdagi turda «Bunyodkor» Samarqandda «Dinamo» mehmoni bo`ladi (6 aprel, yakshanba), «Olmaliq» esa o`z maydonida «Andijon»ni qabul qiladi.
Oliy Liga-2014 3-turi doirasidagi qolgan olti o`yin 29 mart, shanba kuni o`tkaziladi.
Oliy Liga, 3-tur uchrashuvi
27 mart, payshanba
«BUNYoDKOR» (Toshkent) – «OLMALIQ» (Olmaliq) 0:1. 1425 tomoshabin
Gol: Sanjar Shoahmedov 55 (0:1), Oleg Zoteev 84 (1:1)
Ogohlantirish: Oleg Zoteev 24, Sanjar Shoaxmedov 38, Zuagi Shaker 53, Xayrulla Karimov 53, Voxid Shodiev 76, Pirimov 86
Amalga oshirilmagan penalti: Zafar Polvonov 55 (darvozabon)
"Bunyodkor": 45.Akbar To`raev, 2.Akmal Shorahmedov, 4.Xayrulla Karimov (S), 6.Anvar G`ofurov, 8.Javlon Ibroximov (5.Dilshod Jo`raev, 46), 10.Anvar Berdiev, 14.Vohid Shodiev, 15.Islom Inomov, 24.Bahodir Pardaev (Sardor Rashidov, 56), 27.Sardor Sobirxo`jaev (Aleksandr Pishur, 75), 33.Oleg Zoteev
Zaxira: 25.Murodjon Zuxurov, 7.Alibobo Rahmatullaev, 23.Sahob Jo`raev, 30.Hasan Asqarov
“Olmaliq”: 1.Maqsatmurod Shomurodov, 3.Shavkatjon Mullajonov (S), 4.Abduqahhor Xojiakbarov, 5.Azamat Isroilov (Zoxir Pirimov, 77), 6.Zuagi Shakir, 9.Zafar Polvonov (19.Sherzod Hakimov, 86), 10.Sanjar Shoahmedov, 15.Obid Jo`raboev, 20.Darko Stanoevich, 21.Aleksandr Alimpievich, 24.Diyorjon Turopov (Dilyaver Abibullaev, 81)
Zaxira: 16.Umidjon Xonimqulov, 2.Timur Kagirov, 7.Doston Abdurahmonov, 23.Sarvarjon Jo`raev
Hakamlar: V. Tseytlin (Toshkent), H. Shodmonov (Buxoro), B. Norsafarov (Qarshi), A. Jo`raxonov (Andijon)
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent)
Komissar: F. Magametov (Toshkent)
Igor Shkvirin, “Olmaliq” bosh murabbiyi: “Bunyodkor” maydonida ilk marotaba ochkoni qo`lga kiritdik. Qiyin o`yin bo`ldi. Shu kabi chiroyli o`yinlarda o`zbek futboli rivojlanadi. Yaxshi harakatlar ham bo`ldi, xatolar ham ko`zga tashlandi. Bosh murabbiyning o`rni boshqacha. Mirjalol Qo`shoqovichning bugun yo`qligi albatta “Bunyodkor” o`yiniga salbiy ta`sir ko`rsatdi. Hech bir murabbiy o`z futbolchilaridan va zaxira o`rindig`idan ko`ngli to`lmaydi. Hozirda oliy liga klublari orasida birgina “Lokomotiv” tarkibi kuchliroq. Zafar Povonov hayolini bir joyga jamlashi kerak. Ana shunda gol urishni boshlaydi. Keyin esa o`tgan yilgi Zafar Polvonovga o`xshaydi”.
Murod Otajonov, “Bunyodkor” katta murabbiyi: “O`yin judayam jonli va yuqori sur`atda o`tdi. Ayniqsa, ikkinchi bo`lim keskin kurashlarga boy bo`ldi. Vaziyatlarimizni samarali yakunlashga harakat qildik. Afsuski hisobni tenglashtirdik. G`alaba to`pini kirita olmadik. Agarda hamma jamoa bir-birlariga shunday qarshilik ko`rsatishdan to`xtamasa, o`zbek futboli juda tezda rivojlandi, deb o`ylayman. Bugungi bahs oldidan bir qator yo`qotishlarga duch keldik. Simonenko va Bugalo betob bo`lib qoldi. Ko`pchilik ko`rdiki, bizda yangi yosh darvozabon etishib chiqayotganini. Akbar To`raev bugun juda yaxshi harakat qildi, deb o`ylayman. Shuningdek, bugun boshqa etakchilarimizni “Fulad”ga qarshi bahs oldidan asragandik. Rashidov va Ibroximovga bir bo`limdan o`ynash imkonini berdik”.