«Lokomotiv» PFKning 8-turgacha Toshkentdagi o`yinlari sanasi o`zgardi

25.03.2014

«Lokomotiv» PFKning 8-turgacha Toshkentdagi o`yinlari sanasi o`zgardi

«Lokomotiv» PFKning Oliy Liga 4-, 6- va 8-turidagi uchrashuvlari sanasi o`zgardi.

4-tur doirasidagi «Lokomotiv» (Toshkent) – «So`g`diyona» (Jizzax) uchrashuvi 6 apreldan 7 aprelga ko`chirildi.

6-tur doirasidagi «Lokomotiv» (Toshkent) – «Andijon» (Andijon) uchrashuvi 27 apreldan 28 aprelga ko`chirildi.

8-tur doirasidagi «Lokomotiv» (Toshkent) – «Qizilqum» (Navoiy) uchrashuvi 17 maydan 16 mayga ko`chirildi.

Ushbu o`zgarishlar ToshTMI stadionining tayyor emasligi sabab yuz berdi (dastlab «Lokomotiv» uy uchrashuvlarini shu arenada o`tkazishi rejalashtirilgandi).
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib