«Lokomotiv» va «Nasaf» o`zaro durang o`ynashdi

25.03.2014

«Lokomotiv» va «Nasaf» o`zaro durang o`ynashdi

24 mart, dushanba kuni Oliy Liga-2014 2-tur uchrashuvlari yakuniga etdi.

Turni Toshkentning «Lokomotiv» va Qarshining «Nasaf» jamoalari o`rtasidagi o`yin yakunlab berdi. Turning dastlabki olti uchrashuvi 23 mart, yakshanba kuni o`tkazilgan edi.

Ushbu uchrashuvdan avval har ikkala jamoa hisobida bittadan ochko bor edi – «Lokomotiv» 1-turda safarda «Navbahor»ni 1:0 hisobida mag`lub etgan bo`lsa, «Nasaf» o`z maydonida xuddi shu hisobda «Dinamo»ni taslim etgan edi.

«Lokomotiv» stadionidagi 5 mingdan ortiq muxlis guvohligidagi o`tgan «Lokomotiv» – «Nasaf» uchrashuvi turning markaziy uchrashuvi maqomini oqlay oldi. Qiziqarli va teng kurashlar ostida kechgan uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakuniga etdi.

Uchrashuvda hisob 13-daqiqada «Lokomotiv» o`ng qanot himoyachisi Ibrohim Rahimov tomonidan ochildi.

«Lokomotiv» bitta gol ustunligidagi g`alabaga yaqindek edi, biroq uchrashuv bosh hakami Vladislav Tseytlin tomonidan uchrashuv asosiy vaqtiga qo`shib berilgan ikkinchi daqiqada «Nasaf» hujumchisi Ilhom Shomurodov jamoasiga bir ochko keltirgan qimmatli gol muallifiga aylandi.

Shunday qilib, 2-turdan ochkolari soni to`rttaga etgan «Lokomotiv» va «Nasaf» jamoalari Oliy Liga musobaqa jadvalida 4-5-o`rinlarni o`zaro bo`lishib turishibdi. Chempionatda karvonboshilik qilayotgan va mos ravishda 1-3-o`rinlarni egallab turgan «Olmaliq», «Bunyodkor» va «Paxtakor» jamoalari hisobida oltitadan ochko bor.

Oliy Liga, 2-tur uchrashuvi
24 mart, dushanba
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Nasaf» (Qarshi) – 1:1. 5237 tomoshabin.
Hakamlar:
V. Tseytlin, A. Tsapenko, F. Hasanov, Sh. Qosimov
Nazoratchi: A. Arutyunov.
Komissar: F. Magametov.
«Lokomotiv»: 1.Ignatiy Nesterov, 17.Salim Mustafoev, 20.Islom To`xtaxo`jaev, 4.Bobur Yo`ldoshov, 22.Viktor Karpenko (s), 77.Jasur Hasanov (18.Fozil Musaev, 61) 30.Dilshod Jabborov, 88.Lutfulla To`raev, 24.Ibrohim Rahimov (16.Jasur Hasanov (kichik), 77), 99.Vyacheslav Shevchenko, 11.Aleksandr Shadrin (87.Andrey Kojokar, 46).
Zaxira: 84.Temur Jo`raev, 8.Akmal Xolmatov, 10.Farhod Tojiev, 23.Ivan Nagaev.
«Nasaf»: 25.Eldor Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 5.Botir Qoraev, 9.Ilhom Shomurodov, 10.Kenja To`raev (41.Azamat Allaniyazov, 46), 17.Artur Gevorkyan, 20.Erkin Boydullaev (29.Ulug`bek Dadaboev, 85), 27.Ilhom Yunusov, 28.Shuhrat Muhammadiev, 32.Hamza Karimov, 34.Farruh Sayfiev.
Zaxira: 30.O`tkir Yusupov, 7.Akrom Bahriddinov, 14.Laziz Ubaydullaev, 16.Alisher Yusupov, 23.Sherzod A`zamov.
Gollar: I. Rahimov (13) – I. Shomurodov (90+2).
Ogohlantirish: A. Kojokar («Lokomotiv», 89).
Eng yaxshi o`yinchilar: I. Rahimov – I. Shomurodov.

Uchrashuvdan so`ng
Ro`ziqul Berdiev, «Nasaf» bosh murabbiyi:
«Yaxshi o`yin bo`ldi. Teng kuchli jamoalar maydonda bugun to`p surishdi. O`yindan oldin «Lokomotiv» qanday kuchga eganligini bilardik. Bugungi hakamlikni muhokama qilish niyatim yo`q. Jarohat olganlarni tezroq safga qaytishini kutyapman».

Vadim Abramov, «Lokomotiv» bosh murabbiyi: «Nasaf chempionlikka da`vogarlik qilayotgan klublardan biri. Biz bugun ko`p xato qildim. Futbolchilar jismoniy holati bugungi o`yinda pand berdi. Biz har bir o`yinda bosim ostida o`ynayapmiz va bizga bu halaqit bermoqda. Keyingi o`yinlarda erkinroq, o`z kuchimizga ishongan holda maydonga tushamiz».

Xabar «Lokomotiv» matbuot xizmati bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Suratlar muallifi – Hasan Pirmuhamedov (O`zPFL matbuot xizmati
).
 

cola
apex
mib
mib
mib
mib