23 mart, yakshanba kuni Oliy Liga 2-tur uchrashuvlari start oldi.
Tur doirasidagi uchrashuvlarda Oliy Liga-2013 chempioni «Bunyodkor» safarda «Mash`al»ni mag`lub etdi, «Paxtakor» esa Farg`onada «Neftchi» ustidan 2:1 hisobida g`alaba qozondi, «Olmaliq» bo`lsa ketma-ket ikkinchi uchrashuvda irodali g`alabaga erishdi – bu safar «So`g`diyona», 4:2 hisobida mag`lub etdi.
Turning so`nggi uchrashuvi 24 mart, dushanba kuni Toshkentning «Lokomotiv» va Qarshining «Nasaf» jamoalari o`rtasida bo`lib o`tadi.
Oliy Liga, 2-tur uchrashuvlari
23 mart, yakshanba
«Neftchi» (Farg`ona) – «Paxtakor» (Toshkent) – 1:2. 5205 tomoshabin.
Hakamlar: M. Ismoilov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), R. Shoyaxmetov (Toshkent), V. Agishev (Toshkent)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan).
Komissar: B. Haydarov.
Gollar: J. Jiyamurodov (85) – V. Kozak (13), S. Andreev (37).
Ogohlantirish: A. Onika («Neftchi», 67).
Eng yaxshi o`yinchilar: D. Ermatov – D. Iskandarov.
Uchrashuvdan so`ng
Samvel Babayan, «Paxtakor» bosh menejeri: «Bugun muxlislar kurashlarga boy tarzda o`tgan uchrashuvning guvohiga aylanishdi. «Paxtakor» birinchi bo`limni yaxshi o`tkazdi. Ikkinchi taym yarimiga kelib xotirjamlikka berilib qoldik. «Neftchi» ham yaxshi o`ynaydi. Murod Ismoilovni to`g`ri tushunish kerak. Jamoa deyarli yangitdan shakllanmoqda. «Paxtakor» ham mana shunday qiyinchiliklarga duch kelgan. Barchasi uchun vaqt kerak. Jamoamiz oldiga yuqori maqsadlar qo`yilgan. Buning uchun qadam va qadam hammasini amalga oshirib bormoqdamiz. Men hakamlar ishini muhokama qilmayman».
Murod Ismoilov, «Neftchi» bosh murabbiyi: «Bu o`yin mana shunday shiddatli o`tishini oldindan taxmin qilgandim. Bugun shogirdlarim o`yin boshida biroz hayajonlanishdi. Shu sababli imkoniyat «Paxtakor» tomoniga o`tdi. Bundan raqib futbolchilari foydalanib qoldi. Tarkib tanlashda adashganimni tan olaman. Qaysidir futbolchini asosiy tarkibda maydonga tushirib xato qildim. Bundan tashqari, o`yin boshidagi hayajon bizga qimmatga tushdi».
«Qizilqum» (Navoiy) – «Andijon» (Andijon) – 1:0. 4553 tomoshabin.
Hakamlar: B. Namozov (Toshkent), O. Abduvasilov (Toshkent), N. Ro`zimov (Toshkent), N. Qosimov (Qarshi).
Nazoratchi: R. Serazetdinov (Toshkent).
Komissar: N. Lutfulin.
Gol: Sh. Jo`raev (75).
Ogohlantirishlar: Sh. Jo`raev (89) – J. Mirabdullaev (13), A. Kasyan (56), T. Sultonov (65), A. Rahmonov (68), S. Dotsenko (70).
Eng yaxshi o`yinchilar: R. Vagapov – T. G`aniev.
«Mash`al» (Muborak) – «Bunyodkor» (Toshkent) – 0:2. 1505 tomoshabin.
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
Komissar: R. Chernikov.
Gollar: D. Jo`raev (73), V. Shodiev (90+2).
Ogohlantirish: O. Narzullaev («Mash`al», 71).
Eng yaxshi o`yinchilar: J. Abdumo`minov – X. Karimov.
«Olmaliq» (Olmaliq) – «So`g`diyona» (Jizzax) – 4:2. 3522 tomoshabin.
Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), T. Galeev (Urganch), S. Shoyusupov (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: G`. Karimov (Toshkent).
Komissar: A. Xudoydotov.
Gollar: D. Abibullaev (28), O. Jo`raboev (46), Sh. Hakimov (63, 88) – S. Qobilov (26, penalti), S. Eminov (44).
Ogohlantirishlar: D. Turopov (39), Sh. Mullajonov (75) – E. Oripov (31), S. Qobilov (43).
Eng yaxshi o`yinchilar: Sh. Hakimov – D. Hakimov.
Uchrashuvdan so`ng
Igor Shkvirin, «Olmaliq» matbuot xizmati: «Jamoam bu yana iroda ko`rsatib g`alaba qozondi. Bevosita o`yinga to`xtaladigan bo`lsam, birinchi taymda o`tgan o`yindagi kabi maydon markazida ko`plab xatolar ko`zga tashlandi. Qanot yarim himoyasi ham deyarli "ishlamadi". Ikkinchi taymda hujumkorlikni oshirdik. Natijada, o`yin tempi oshib, xatolar kamaydi va kerakli natijani qo`lga kiritdik. Jamoaviy o`yinni shakllantirib olishimiz uchun yana ishlashda davom etamiz. "So`g`diyona" jamoasi o`yini manga yoqdi. Davron Fayziev yaxshi jamoa shakllantiryapti. Jamoa shu kabi harakatdan to`xtamasa, o`z oldiga qo`ygan vazifani bajara oladi».
Davron Fayziev, "So`g`diyona" bosh murabbiyi: «Bugun gollarga boy muxlislarga yoqadigan o`yin bo`ldi. Jamoamga keladigan bo`lsak, ikki taymda ikki xil o`yin ko`rsatdik. Eski kasallik mehmonda o`z kuchi va mahoratiga biroz ishonchsizlik bu o`yinda ham o`z ta`sirini o`tkazdi. To`g`rirog`i futbolchilarda tajriba etishmayapti. Zaxiradan maydonga tushganlar o`yinni kuchaytira olishmadi. 19 mart kuni "G`allakor" jamoasi bilan o`rtoqlik o`yini o`tkazgandik. O`sha o`yinda asosiy tarkibdan 4 nafar futbolchimiz jarohat oldi. 29 mart kuni o`z maydonimizda "Dinamo"ga qarshi jiddiy o`yin kutyapti. Shu bois, bugun ularni maydonga tushirib tavakkal qilishni istamadim. Jarohatlarini yangilab olishlari mumkin edi».
«Dinamo» (Samarqand) – «Metallurg» (Bekobod) – 2:0. 2612 tomoshabin.
Hakamlar: R. Bobomurodov (Navoiy), R. Samandarov (Navoiy), O. Jumaev (Navoi), V. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).
Komissar: V. Letkin.
Gollar: S. Shixov (45+1), G`. O`runov (55).
Ogohlantirish: D. Odilov («Metallurg», 48).
Eng yaxshi o`yinchilar: Z. Tojiev – Sh. Yo`ldoshev.
Uchrashuvdan so`ng
Rustam Mirsodiqov, «Metallurg» bosh murabbiyi: «Har ikki jamoa ham faqat g`alabani ko`zlab maydonga tushgandi. Shu bois ikki tomon bor kuch va g`ayratini ishga soldi. Bu borada mezbon jamoaning xohishi kuchliroq ekanligi maydonda ko`rindi. «Dinamo»ni haqli g`alaba bilan tabriklayman. Bu yilgi sovrinli o`rinlar uchun «Bunyodkor», «Lokomotiv», «Paxtakor», «Nasaf» klublari kurash olib borishadi. Shuningdek, «Dinamo» va «Olmaliq» jamoalarining ham o`yini menga yoqqanligini aytib o`tishim mumkin. Bu klublar ham tarkib va o`yinlari bilan yuqori o`rinlar uchun kurashish imkoniyatiga egalar».
Ravshan Haydarov, «Dinamo» bosh murabbiyi: «Yomg`ir va qor yog`ayotgan bir noqulay ob-havo sharoitida ham jamoamizni qo`llab-quvvatlagan barcha muxlislar bilan birga, ular uchun maydonda borini bergan barcha futbolchilarimga rahmat aytaman. Ikki kundan beri tinmayotgan yomg`irga qaramay maydonni yaxshi holatda tayyorlagan stadion ma`muriyatidan ham minnatdorman. Raqibni hurmat qilgan holda aytishim kerakki, bugun biz o`zimizga ishongan edik. Aynan ishonch bilan o`ynaganligimiz bizga yakunda uch ochkoni keltirdi».
«Buxoro» (Buxoro) – «Navbahor» (Namangan) – 0:2. 5180 tomoshabin.
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), A. Snetkov (Toshkent viloyati), X. Mirzaahmedov (Toshkent viloyati), N. Boltaev (Navoiy)
Nazoratchi: R. Mo`minov (Toshkent).
Komissar: A. Frolov.
Gollar: E. Jahonov (41), B. Yoqubov (85).
Ogohlantirishlar: F. Asadov (36), O. Nurboev (47) – R. Hasanov (44), Sh. Erkinov (44), T. Shamsitdinov (59), Sh. Po`latov (69), E. Jahonov (74), Yu. Rijko (80).
Eng yaxshi o`yinchilar: Sh. Jumaboev – M. Saidov.