Yoshlar Birinchiligida 2-tur uchrashuvlari yakuniga etdi. Turning so`nggi uchrashuvi 23 mart, yakshanba kuni «Lokomotiv» va «Nasaf» jamoalari o`rtasida o`tkazildi. Unda mehmonlar 0:2 hisobida g`alaba qozonishdi.
Turning dastlabki olti o`yini 22 mart, shanba kuni o`tkazilgan edi.
Yoshlar Birinchiligi, 2-tur uchrashuvlari
23 mart, yakshanba
«Lokomotiv» (Toshkent) – «Nasaf» (Qarshi) – 0:2. 125 tomoshabin.
Hakamlar: Sh. Qosimov (Toshkent), T. Gaynulin, A. Usmonov, D. Dosanov
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
Gollar: S. Qo`ziev (6, penalti), D. Jumaev (70).
Ogohlantirishlar: X. Muxtorov (46), A. Po`latov (47) – F. Azimqulov (72).