«Navbahor» bosh murabbiyiga nisbatan intizomiy choralar

19.03.2014

«Navbahor» bosh murabbiyiga nisbatan intizomiy choralar

«Navbahor» bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovga nisbatan intizom jazo choralari ko`rildi.

Oliy Liga 1-turi doirasida «Navbahor» (Namangan) – «Lokomotiv» (Toshkent) uchrashuvidan so`ng Namangan klubi bosh murabbiyi uchrashuv bosh hakami Hasan Ro`ziev sha`niga noma`qul fikrlarni bildirgan.

O`zbekiston nohavaskor va yarim professional futbol klublari o`rtasidagi musobaqalar Reglamentini buzgani uchun, Tartib-intizom kodeksiga asosan (5.53-modda, shuningdek, 5-modda 2-bo`lim 5.36-bandi) Baxtiyor Ashurmatov jarimaga tortildi.

Hodisa takrorlanadigan bo`lsa, yanada qat`iyroq choralar ko`riladi. 

cola
apex
mib
mib
mib
mib