«Bunyodkor» – «Fulad» uchrashuvini yaqin sharqlik hakamlar boshqarib boradi

19.03.2014

«Bunyodkor» – «Fulad» uchrashuvini yaqin sharqlik hakamlar boshqarib boradi

Amaldagi O`zbekiston chempioni «Bunyodkor» va Eron chempionati peshqadami «Fulad» o`rtasidagi OChL-2014 «V» guruhi 2-tur uchrashuvini kuvaytlik Ali Sha`bon boshqarib boradi.

Kuvaytlik bosh hakamga qanotlarda bahraynlik laynsmenlar – Navaf Musa va Muhammad Salmon yordam beradi. Yamanlik Muxtor al-Yarimiy uchrashuv to`rtinchi hakami etib belgilangan.

Eslatib o`tamiz, «Bunyodkor» – «Fulad» uchrashuvi 19 mart, chorshanba kuni Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi. Uchrashuv Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida bo`lib o`tadi.

OChL-2014
«V» guruhi, 3-tur uchrashuvi
19 mart, chorshanba
«Bunyodkor» (O`zbekiston) – «Fulad» (Eron)
Bosh hakam:
Ali Sha`bon (Kuvayt).
Yon qanot hakamlari: Navaf Musa (Bahrayn), Muhammad Salmon (Bahrayn).
To`rtinchi hakam: Muxtor al-Yarimiy (Yaman).
Nazoratchi: A`lo Abdulqodir al-Obodiy (Iroq).
Komissar: Davlatmand Islomov (Tojikiston). 

cola
apex
mib
mib
mib
mib