Oliy Liga klublari o`rtasidagi O`zbekiston Chempionati taqvimida o`zgarish yuz berdi.
2-tur doirasida 23 mart, yakshanba kuni o`tkazilishi kerak bo`lgan «Lokomotiv» (Toshkent) – «Nasaf» (Qarshi) uchrashuvi ToshTMI stadioni tayyor bo`lmagani sabab (dastlabki reja bo`yicha o`yin ushbu stadionda o`tkazilishi kerak edi), 24 martga ko`chirildi.
Mos ravishda, 3-tur doirasidagi «Nasaf» (Qarshi) – «Buxoro» (Buxoro) va «Metallurg» (Bekobod) – «Lokomotiv» (Toshkent) uchrashuvlari 28 mart emas, 29 mart kuni o`tkaziladi.