OKMK SM stadioni ochilishi va «Olmaliq» – «Metallurg» o`yinidan fotogalereya

17.03.2014

OKMK SM stadioni ochilishi va «Olmaliq» – «Metallurg» o`yinidan fotogalereya

16 mart, yakshanba kuni Olmaliqda yangi qurib bitkazilgan, 12 ming tomoshabinga mo`ljallangan stadion ochilishi bo`lib o`tdi.

«Olmaliq» FK matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, tashkilotchilar tomonidan tashkil etilgan bayram dasturi ancha qiziqarli va hayajonli o`tdi. Sportchilar chiqishlari, kichik kontsert dasturlaridan so`ng, stadionni ochib berish uchun so`z rahbariyatga berildi.

O`zbekiston Bosh vazirining o`rinbosari - Geologiya, yoqilg`i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari majmuasi rahbari - G`ulomjon Ibragimov, O`zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmonov, Toshkent viloyati hokimi Ahmadjon Usmonov, OKMK OAJ bosh direktori Aleksandr Farmonovlar so`zga chiqishdi. Shundan so`ng, davlat madhiyasi sadolari ostida stadionda O`zbekiston bayrog`i ko`tarildi.

Ochilish marosimi doirasidagi kontsert dasturi davomida Gulsanam Mamazoitova, shuningdek, yangi stadionda o`tkazilgan ilk rasmiy o`yindan so`ng Alisher Fayz kabi xonandalar stadionga tashrif buyurgan mehmonlarni o`z qo`shiqlari bilan xursand etdi. «Olmaliq» – «Metallurg» uchrashuvi esa 3:2 hisobida maydon egalari foydasiga hal bo`ldi.

Quyida Olmalik kon-metallurgiya kombinati sport majmuasi stadioni ochilishi va «Olmaliq» – «Metallurg» uchrashuvidan tayyorlangan fotoreportaj bilan tanishishingiz mumkin. Suratlar muallifi – Hasan Pirmuhamedov (O`zPFL matbuot xizmati).

cola
apex
mib
mib
mib
mib