«Nasaf» «Dinamo»ni mag`lubiyatga uchratdi

15.03.2014

«Nasaf» «Dinamo»ni mag`lubiyatga uchratdi

Qarshining «Nasaf» jamoasi 2014 yilgi Oliy Liga bahslarini g`alaba bilan boshladi. 15 mart, shanba kuni 1-tur uchrashuvlari doirasida o`z maydonida Samarqandning «Dinamo» jamoasini qabul qilgan Ro`ziqul Berdiev shogirdlari 1:0 hisobida g`alaba qozonishdi.

Uchrashuvdagi yagona gol 66-daqiqada «Nasaf» yarim himoyachisi Ilhom Yunusov hisobiga yozildi. U jamoa hujumchisi Azamat Allaniyozovning aniq to`p uzatishidan so`ng Andrey Melnichuk qo`riqlayotgan «Dinamo»darvozasini aniq nishonga oldi.

Uchrashuvning qolgan daqiqalari davomida har ikkala tomonda ham hisobni o`zgartirish uchun qator imkoniyatlar bo`lganiga qaramay, Qarshidagi «Markaziy» stadionga yig`ilgan 6 mingdan ortiq muxlis boshqa gol ko`rmadi.

Oliy Liga 2-turida «Nasaf» Toshkentda «Lokomotiv» mehmoni bo`lsa, «Dinamo» Samarqandda «Metallurg»ni qabul qiladi. Har ikkala o`yin 23 mart, yakshanba kuni o`tkaziladi.

Oliy Liga, 1-tur uchrashuvi
15 mart, shanba
«Nasaf» (Qarshi) – «Dinamo» (Samarqand) 1:0 (0:0)
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), D. Jalimov (Nukus).
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
Gol: I. Yunusov (66).

cola
apex
mib
mib
mib
mib