«Buxoro» futbol jamoasi Vobkentda bo`lib o`tgan «Neftchi»ga qarshi o`yinda kichik hisobda g`alaba qozondi. Uchrashuv 15 mart, shanba kuni Oliy Liga-2014 1-tur uchrashuvlari doirasida o`tkazildi.
«Buxoro» – «Neftchi» uchrashuvi 1:0 hisobida maydon egalari foydasiga hal bo`ldi. O`yindagi yagona gol 36-daqiqada Feruz Boboqulov hisobiga yozildi.
Oliy Liga 2-turida «Buxoro» yana o`z maydonida to`p suradi va Namanganning «Navbahor» jamoasini qabul qiladi, «Neftchi» esa Farg`onada «Paxtakor»ga qarshi bahs olib boradi.
Oliy Liga, 1-tur uchrashuvlari
15 mart, shanba
«Buxoro» (Buxoro) – «Neftchi» (Farg`ona) 1:0 (1:0)
Hakamlar: V. Kovalenko (Toshkent), R. Ilyosov (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), I. Ibrohimov (Nukus).
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
Gol: F. Boboqulov (36).