«Mash`al» safarda «So`g`diyona» bilan durang o`ynadi

15.03.2014

«Mash`al» safarda «So`g`diyona» bilan durang o`ynadi

2013 yilgi O`zbekiston Birinchiligi bahslari g`olibi «Mash`al» Oliy Liga-2014 bahslarini durang natija bilan boshladi. Zominda «So`g`diyona»ga qarshi kechgan bahsda Aleksandr Xomyakov shogirdlari 1:1 hisobida durang o`ynashdi.

Uchrashuvda hisob Davron Fayziev shogirdlari tomonidan ochildi: Suhrob Berdiev 25 metr masofadan «Mash`al» darvozasini aniq nishonga oldi. Muborakliklar faqat ikkinchi bo`limda hisobni tenglashtira olishdi.

Uchrashuv 58-daqiqasida jarima maydonchasiga havolatib oshirib berilgan to`pni Siroj Hamroev boshi bilan «So`g`diyona» darvozasiga to`g`rilab, jamoasiga bir ochko keltirgan gol muallifiga aylandi.

Oliy Liga 2-turida «So`g`diyona» Toshkent viloyatiga safar qilib, «Olmaliq» mehmoni bo`ladi, «Mash`al» esa Muborakda amaldagi O`zbekiston chempioni «Bunyodkor»ni qabul qiladi. Uchrashuvlar 23 mart, yakshanba kuni o`tkaziladi.

Oliy Liga, 1-tur uchrashuvi
15 mart, shanba
«So`g`diyona» (Jizzax) – «Mash`al» (Muborak) 1:1 (1:0)
Hakamlar:
V. Tseytlin (Toshkent), H. Shodmonov (Buxoro), A. Tsapenko (Toshkent viloyati), M. Muhamedov (Toshkent viloyati).
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
Gollar: S. Berdiev (36) – S. Hamroev (58). 

cola
apex
mib
mib
mib
mib