«Paxtakor» safarda «Andijon»ni mag`lub etdi

15.03.2014

«Paxtakor» safarda «Andijon»ni mag`lub etdi

Toshkentning «Paxtakor» futbol jamoasi 2014 yilgi mavsumni g`alaba bilan boshladi. Toshkentliklar Oliy Liga-2014 1-turida 2013 yilgi mavsumni Birinchi Ligada o`tkazgan «Andijon» mehmoni bo`lib, 1:0 hisobida g`alaba qozondi.

«Paxtakor»ga g`alaba keltirgan yagona gol uchrashuv 62-daqiqasida jamoaning serbiyalik himoyachisi Boyan Miladinovich tomonidan «Andijon» darvozasiga kiritildi. U burchakdan oshirib berilgan to`pni darvozaga to`g`rilab qo`ydi.

Oliy Liga 2-turida «Paxtakor» Farg`onada «Neftchi» mehmoni bo`ladi, «Andijon» esa Navoiyga safar qilib, «Qizilqum»ga qarshi bahs olib boradi.

Oliy Liga, 1-tur
15 mart, shanba
«Andijon» (Andijon) – «Paxtakor» (Toshkent) 0:1 (0:0)
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent), B. Norsafarov (Qarshi), V. Lushin (Guliston), V. Serazitdinov (Toshkent).
Nazoratchi: S. Najafaliev (Toshkent). 
Gol: B. Miladinovich (62).

cola
apex
mib
mib
mib
mib