«Lokomotiv» «Navbahor»ni mag`lub etdi

15.03.2014

«Lokomotiv» «Navbahor»ni mag`lub etdi

 2014 yilgi Oliy Liga bahslari start oldi. 1-tur doirasidagi dastlabki o`yin Kosonsoy shahrida, Namanganning «Navbahor» va Toshkentning «Lokomotiv» jamoalari o`rtasida kechdi.

Uchrashuv 1:0 hisobida «Lokomotiv» g`alabasi bilan yakuniga etdi. «Temiryo`lchilar»ga g`alaba keltirgan yagona gol uchrashuv birinchi bo`limi yakunlanishi arafasida jamoa hujumchisi Ivan Nagaev hisobiga yozildi.

Oliy Liga-2014 2-turida «Navbahor» «Buxoro» mehmoni bo`lsa, «Lokomotiv» o`z maydonida Qarshining «Nasaf» jamoasini qabul qiladi. O`yinlar 23 mart, yakshanba kuni o`tkaziladi.

Oliy Liga, 1-tur uchrashuvi
15 mart, shanba
«Navbahor» (Namangan) – «Lokomotiv» (Toshkent) 0:1 (0:1). 12161 tomoshabin.
Hakamlar:
H. Ro`ziev (Toshkent), A. Usmonov (Toshkent), T. Gaynullin (Toshkent), R. Tolibjonov (Farg`ona).
Nazoratchi: A. Popov (Toshkent).
«Navbahor»: 24. Doniyor Usmonov, 4. Shukurali Po`latov, 5. Rahmatullo Berdimurodov (11. Otabek Valijonov, 78), 6. Baxtiyor Yoqubov, 7. Mansur Saidov, 9. Ilhom Boydedaev (s) (22. Shahboz Erkinov, 67), 10. Alisher Mahmudov (8. Azim Ahmedov, 46), 23. Abdumalik Abdullaev, 27. Robbim Hasanov, 33. Tohir Shamsiddinov, 50. Yuriy Rijko.
Zaxirada qolganlar: 46. Xurshid Xo`jaev, 3. Botir To`raboev, 18. Sobir Hamidov, 25. Elyor Jahonov.
«Lokomotiv»: 1. Ignatiy Nestrov, 17. Salim Mustafoev, 20. Islom To`xtaxo`jaev, 4. Boburbek Yo`ldoshev, 22. Viktor Karpenko (s), 77. Jasur O. Hasanov (18. Fozil Musaev, 86), 87. Andrey Kojokari (30. Dilshod Jabborov, 70), 88. Lutfullo To`raev, 24. Ibrohim Rahimov, 99. Vyacheslav Shevchenko, 23. Ivan Nagaev (10. Farhod Tojiev , 80),.
Zaxirada qolganlar: 84. Temur Jo`raev, 3. Evgeniy Gogol, 8. Akmal Xolmatov, 16. Jasur J. Hasanov.
Gol: I.Nagaev (45+1).
Ogohlantirishlar: Sh.Po`latov (48), M.Saidov (56), T.Shamsiddinov (61) – L.To`raev (17), J.O.Hasanov (81).

Uchrashuvdan so`ng


Vadim Abramov
«Lokomotiv» bosh murabbiyi:
«G`alaba qozongan bo`lsakda, uchrashuv davomida qator qiyinchiliklarga duch keldik. Bundan tashqari kutilgan o`yinimizni ko`rsata olmadik. Birinchi o`yin bo`lganligi bois natija uchun harakat qildik. Keyingi turlarda mazmunli o`yinlar ko`rsatamiz degan umiddaman. Ayrim kamchiliklardan holi emasmiz. Qolaversa, maydonning holati ham har ikki jamoani o`zi o`ylagan o`yinlarni ko`rsata olishmadi. Bunday o`yin muxlislarga va jurnalistlarga yoqmaydi. Qisqasi jamoalar imkoniyatdan kelib chiqqan holda to`p surishdi».


Baxtiyor Ashurmatov, «Navbahor» bosh murabbiyi:
«Birinchi bo`lim so`nggida yo`q joydan o`tkazilgan gol sababli, shogirdlarimni ruhiyati biroz bo`lsada tushib ketdi. Tanaffus paytida ularni ruhlantirishga harakat qildim. Lekin, «Lokomotiv» natijaga qarab o`yin ko`rsatdi. Himoyada bexato harakat qildi. Umuman olganda teng kurashlar ostida o`tgan uchrashuvda mag`lubiyatga uchradik. Yigitlar qo`llaridan kelganicha harakat qilishdi. Jamoaviy o`yinni shakllanib ulgurmaganligi sababli, «Lokomotiv» darvozasi oldida u qadar ko`p xavfli vaziyatlarni yuzaga keltira olmadik. Tarkibimizda yaxshi saviyadagi futbolchilar yig`ilishgan. Ular bundan kuchliroq o`yin ko`rsatishga qodirlar».

Xabar «Navbahor» FK matbuot xizmati yordamida tayyorlandi.

cola
apex
mib
mib
mib
mib