7 mart, juma kuni 2014 yilgi O`zbekiston Superkubogi uchrashuvi bo`lib o`tdi. Unda 2013 yilgi O`zbekiston chempioni va Kubogi sohibi «Bunyodkor» 2013 yilgi vitse-chempion «Lokomotiv»ni 2:1 hisobida mag`lubiyatga uchratdi.
Uchrashuvdan so`ng bo`lib o`tgan matbuot anjumanida har ikkala jamoa bosh murabbiylari teng, qiziqarli va muxlislarga yoqadigan o`yin bo`lganini qayd etib o`tishdi.
Quyida O`zbekiston Superkubogi uchrashuvidan tayyorlangan fotogalereya bilan tanishishingiz mumkin. Suratlar muallifi – Hasan Pirmuhamedov (O`zPFL matbuot xizmati).