«Lokomotiv» va «Bunyodkor» jamoalari o`rtasida 7 mart kuni «Jar» stadionida bo`lib o`tadigan 2014 yilgi O`zbekiston Superkubogi uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqdi.
O`zbekiston Superkubogi uchrashuvining 1-toifali chiptalari 5 ming so`mdan, SIP toifasidagi chiptalari esa 8 ming so`mdan sotiladi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Superkubogi uchrashuvi 7 mart, juma kuni Toshkent vaqti bilan 15:00da boshlanadi. 6 mart kuni har ikkala jamoa bosh murabbiylari va futbolchilari ishtirokida matbuot anjumani o`tkaziladi.
2014 yilgi O`zbekiston Superkubogi uchrashuvini Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.